Sud ballistikasining obyektlari va vazifalari Sud ballistikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: a) topilgan snaryad, gilzalarni (silliq milli qurollardan, patronlarning turli boshqa qismlaridan foydalanilgan hollarda - tiqinlar (pij), to'siqlar (prokladka)), shuningdek o'tochar qurol ishlatilishidan hosil bo'lgan jarohatlarni sud ballistikasining usullari yordamida boshlang'ich tekshirishlar jarayonida, jinoyatchi qanday qurol va patrondan foydalanganligini aniqlash mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, o'tochar qurol ishlatilishidan hosil bo'lgan jarohatlarni va o'q otilish izlarini tadqiq qilish, o'qning uchish yo'nalishini, o'q otilish masofasini hamda o'q otgan shaxsni yoki jinoyatchining qayerda turganligini aniqlash imkonini beradi; b) sud ballistikasi ayblanuvchi, gumon qilinuvchi yoki boshqa shaxsdan qurol olinganda, topilgan o'q va voqea sodir bo'lgan joydan olingan gilza aynan maxsus ariqchali yoki silliq milli o'tochar qurol namunasidan otilganini, ya'ni o'ziga xos belgilarni aniqlash (identifikatsiyalash) imkonini beradi. Sud ballistikasining usullari ayblanuvchidan topilgan snaryad, porox yoki patronlarning boshqa qismlari jinoyat sodir etishda ishlatilganmi yoki yo'qmi hamda otilgan patron ayblanuvchidan olingan vositalar va asbob-anjomlar yordamida tayyorlanmaganmi (guruhiy, ba'zi hollarda esa xususiy o'ziga xoslikni aniqlash (identifikatsiya) kabi masalalarni hal qilishga imkon tug'diradi. Shu bilan bir vaqtda, ma'lum bir shaxsdan olingan qurollar va patronlarga nisbatan, agar ular qandaydir o'xshash bo'lmagan xossa va xususiyatlarga ega bo'lsa, otilishning texnik shart-sharoitlarini aniqlash imkoni ham bo'ladi. Sud ballistikasi tadqiqotlarining usullari va texnikasi, turli o'qotar qurollar ishlatish bilan bog'liq jinoyatlarni sodir etishda ko'p uchraydigan o'tochar qurollar - revolverlar, to'pponchalar, ov, sport, qo'lbola usulda tayyorlangan va moslashtirilgan o'tochar qurollarga nisbatan to'laroq ishlab chiqiladi. Lekin bunday qurollarning tadqiq etish usullari va texnikasi o'tochar qurollar boshqa turlari va namunalari - jangovar vintovkalar, to'pponcha-pulemyotlar uchun ham qo'llanishi mumkin. Sud ballistikasi tadqiqotlarining bevosita predmetlari quyidagilar hisoblanadi: qo'l o'tochar qurollari, signal beruvchi, qurilish to'ppon- chalari; qurolning alohida qismlari (mag'ozalar, dastalar va hokazo), qurollar saqlanishidan hosil bo'lgan izlar mavjud buyumlar va qurilmalar (qurol g'ilofi, maxfiy omborlar); ishlatilgan va ishlatilmagan jangovar o'q- dorilar va ularning turli qismlari: patronlar, o'qlar, gilzalar, sochma va pitralar, tiqinlar, to'siqlar, pistonlar va hokazo; jangovar o'q-dorilarni ustaxonada va qo'lbola usulda tayyorlash va qayta o'qlashda ishlatiladigan turli xil asbob-anjom va uskunalar; o'tochar qurol snaryadlaridan qolgan izlar - o'qlar, sochma va pitralar tegishidan hosil bo'lgan yoriqlar, ezi- lishlar, shilinishlar; yaqin masofadan o'q otilishi izlari - porox gazlari, olovning mexanik va issiqlik ta'sirlari (qurum, yonmagan porox zarrachalarining o'tirib qolishi), ishqalanish halqalari, metallanish va yoriqlardagi moylash materiallarining mahsulotlari yoki qoldiqlari. Sud ballistikasining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: qurolning moddiy qismlarini o'rganish, shuningdek qurolning kriminalistik tavsif- lanishi; jangovar o'q-dorilar, poroxlar va portlovchi moddalarni krimi- nalistika talablariga mos sharoitda va darajada o'rganish; o'q otilish izlarini o'rganish, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.2 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.2 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: doc