Sud ballistikasining predmeti, vazifasi va tizimi Reja: 1. Sud ballistikasining predmeti. 2. Sud ballistikasining tarixi va rivojlanishi. 3. Sud ballistikasining obyektlari va vazifalari. 4. Sud ballistikasining tizimi. 5. Sud ballistikasida qo'llaniladigan usullar va ilmiy-texnik vositalar. Sud ballistikasining kriminalistika va sud ekspertizasining boshqa sohalari bilan aloqasi. 1. Sud ballistikasining predmeti Ichki ishlar organlari operativ qidiruv va tergov amaliyotida jinoyatlarning bir qator turlarini ochish va tergov qilishda ichki ishlar organlari xodimlarini qiziqtirayotgan obyekt o'tochar qurollar turiga tegishlimi, agar tegishli bo'lsa, bu qurol texnik jihatdan sozmi va otish uchun yaroqlimi, qurol (o'q-dorilar) yoki uning qismlari qanday guruhga taalluqli degan savollarga javob berishga to'g'ri keladi. Buning uchun sud ballistikasining ilmiy tajribalari va maslahatlari kerak bo'ladi. «Ballistika» atamasi grekcha «ballo» - «otaman, uloqtiraman» so'z- laridan olingan. Ballistika - o'tochar quroldan otilgan snaryadlar, o'qlar, minalarning harakat qonunlarini o'rganuvchi fan. U ichki, tashqi va eksperimental ballistikalarga bo'linadi. Tashqi ballistika snaryadning, unga porox gazlarining ta'siri tugagandan boshlab to nishonga tekkunicha bo'lgan oraliqdagi harakat qonunlarini o'rganadi. Ichki ballistika esa snaryad (o'q)ning qurol mili ichidagi harakatini, o'q otilishida yuz beradigan jarayonlar qonuniyatlarini o'rganadi. Eksperimental ballistika esa ana shu ballistik hodisalarni eksperimental tadqiq etish metodikalarini o'rganadi. Sud ballistikasi - kriminalistikaning o'tochar qurollar ishlatilishi (shuningdek, taqib yurilishi, saqlanishi, tayyorlanishi va o'zlashtirilishi) bilan bog'liq bo'lgan jinoyatlarni tekshirish va ochishda vujudga keladigan texnik masalalar va vazifalarni o'rganuvchi sohasidir. Sud ballistikasi o'tochar qurolning turi, ko'rinishi va tizimini, uning sozligini va o'q otishga yaroqliligini aniqlaydi, otilgan o'qlar va gilzalarga qarab, ishlatilgan o'tochar qurolning aniq namunasi aynanligini, jangovar o'q-dorilarni hamda ular qismlarining turi va tizimini, o'q otilish yo'nalishi va masofasini aniqlaydi. Bundan tashqari, sud ballistikasi o'tochar qurollar va jangovar o'q- dorilar qo'llanilishi izlarining hosil bo'lish qonuniyatlarini o'rganadi, o'tochar qurollar ishlatilishi (shuningdek, taqib yurilishi, saqlanishi, tayyorlanishi va o'zlashtirilishi) bilan bog'liq bo'lgan obyektlarni topish, aniqlash va yig'ish, tadqiq etish metodlari va vositalarini ishlab chiqish bilan ham shug'ullanadi. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.26 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.26 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: doc