Sud ballistikasining tarixi va rivojlanishi

Sud ballistikasining tarixi va rivojlanishi

O'quvchilarga / Huquq
Sud ballistikasining tarixi va rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Sud ballistikasining tarixi va rivojlanishi Harbiy sohalarda «ballistika» atamasi o'tochar quroldan otilgan snaryadning harakati haqidagi fanni ifodalaydi. Bu atamani ana shu ma'noda fransuz olimi Maren Mersenn 1644-yilda birinchi bo'lib qo'llagan edi. Ballistika sohasidagi bilimlarga bo'lgan talab o'tochar qurollar ixtiro qilingan vaqtlardayoq kelib chiqqan, chunki qurollar ixtiro qilinishi bilan birga, ehtiyotsizlik natijasida va qasddan jarohat yetkazish hollari ham vujudga kela boshlagan. 1835-yilda Bou-strit-rannerlar (Bou-strit izquvarlari)dan biri Genri Goddard qotilni aniqladi. Jabrlanuvchiga tekkan o'qda Goddard g'alati tarzda turtib chiqqan bo'rtiqni aniqladi, ana shu belgili o'q bilan u jinoyatchini qidirishga tushdi. Gumon qilinuvchilardan birining uyida Goddard qo'rg'oshin o'q tayyorlovchi qolipni topib oldi, bu qolipda nuqson - o'qdagi bo'rtiqqa mos keluvchi chuqurchasi bor edi. Ushbu qolipning hayratda qolgan egasi qotillikni sodir etganligini bo'yniga oldi. Bu o'q bilan bo'lgan tasodifiy hodisa Goddardga muvaffaqiyat keltirdi. Goddardning bo'lib o'tgan voqea asosida qandaydir metod yoki tizimni ishlab chiqish niyati yo'q edi. Ammo u o'zi bilmagan holda XIX asrning birinchi yarmida o'tochar qurollar ishlatilib amalga oshirilgan jinoyatlarni ochish uchun turli ilmiy metodlar va tizimlar yaratgan ko'plab politsiyachilar, qurolsozlar, haqiqiy tadqiqotchilar va firibgarlarning o'ziga xos ustoziga aylangan edi. Ana shu bilimlar keyinchalik o'tochar qurollarga doir fan - sud ballistikasi faniga aylangan. Genri Goddardning omadi kelganidan so'ng bir necha o'n yillar o'tdi. U davrda ballistika sohasidagi barcha yutuqlar faqat tasodifiy natijalardan iborat bo'lgan. Jinoyatlar aniq tadqiqotlar oqibatida emas, balki tasodif tufayligina ochilar edi. Lekin 1889-yilda bu soha bilan Lion universitetining sud tibbiyoti bo'yicha professori Lakassan shug'ullana boshladi. Professor murda tanasidan o'qni chiqarib oldi va tekshirish davomida yetti dona bo'ylama hoshiyalarni aniqladi. Bu o'q gumon qilinuvchilardan birining uyidan topilgan revolver bilan bir xil kalibrda edi. Lakassan o'q ushbu revolverdan otilgan bo'lishi mumkin, degan fikrda o'zi aniqlagan yetti dona bo'ylama hoshiyalarni yanada diqqat bilan tekshirishga tushdi. XX asrda qurollardagi mil kanalining tuzilishida o'zgarishlar vujudga kelgan edi. Deyarli barcha qurolsozlar agar qurol mili kanalida bo'ylama hoshiyalar yoki maxsus ariqchalar o'yib chiqilsa, qurol o'qni uzoqqa otishini bilar edi. Har bir qurolsoz yoki qurol fabrikasining egasi o'z konstruksiyasiga ega bo'lgan. Ba'zi qurollarda beshta, ba'zilarida oltita yoki to'rtta maxsus ariqchalar bo'lgan, maxsus ariqchalarning o'lchamlari, ular orasidagi masofalar va kengligida ham farqlar mavjud edi. Lakassan o'qlarni tekshirayotgan vaqtda bu farqlar haqida hech kim hech narsa bilmas edi. U bu izlar qurol milidagi maxsus ariqchalardan qolgan, degan to'g'ri fikrga keldi. Keyinchalik Lakassanga gumon qilinuvchilardan olingan qurollarni keltirishganda, u mil kanalida yettita maxsus ariqchasi bo'lgan revolverni aniqladi. Maxsus ariqchalar soni o'zaro mos kelgani uchun bu revolver egasi qotil deb topilgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.78 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.78 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga