Sud departamenti organlari tomonidan surishtiruv olib borishning o'ziga xos xususiyatlari Reja: Sud ijrochisining qarori ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin. Sud departamentining organlarida ish yuritishni tashkil etish. Sud departamenti direktori vakolatlarga Ijro ishi yuritish manbalari Sud departamenti organlari tomonidan surishtiruv olib borishning o'ziga xos xususiyatlari O'zbekiston Respublikasining Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi Qonuni. Ijro ishi yuritish tartibi Sud hujjatlari va boshqa organlar Sud departamenti organlari tomonidan surishtiruv olib borishning o'ziga xos xususiyatlari xususida so'z yuritilganida albatta, sud ijrochisining vakolatlari va uning talablari bajarilmaganida qanday choralar ko'rishi mumkinligi masalasi ko'rib chiqilishi kerak. Sud ijrochisi o'z vakolatlarini amalga oshirishda qonunga asoslanishi shart. Qonuniylik prinsipi istalgan huquqiy tizim va huquqni muhofaza qilish faoliyatining birinchi darajali ahamiyatga ega bo'lgan bosh shartidir. Shu munosabat bilan sud ijrochisining o'z vakolatlari doirasidagi qonuniy talablari O'zbekiston Respublikasi hududida barcha organlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir. Sud ijrochisining o'z vakolatlari doirasidagi talablari bajarilmagan taqdirda, u Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlirini ijro etish to'g'risidagi Qonunga muvofiq ko'yidagi choralarni ko'rishga haqli: 1) undiruvni qarzdorning pul mablag'lariga va boshqa mol-mulkiga qaratish; 2) undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan pul mablag'lariga va boshqa mol-mulkiga qaratish; 3) undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga, shu jumladan qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati bo'yicha unga tegishli bo'lgan mablag'larga qaratish; 4) undiruvni qarzdorga tegishli bo'lgan alohida mulkiy huquqlarga qaratish; 5) undiruvni qarzdorning ish haqi, stipendiyasi, pensiyasi va boshqa turdagi daromadlariga qaratish; 6) ijro hujjatida ko'rsatilgan muayyan ashyolarni qarzdordan olib qo'yish va undiruvchiga topshirish; 7) mulkni xatlash to'g'risidagi sud hujjatini bajarish maqsadida qarzdorning mol-mulkiga, shu jumladan uning o'zidagi yoki uchinchi shaxslardagi mol-mulkini xatlash; 8) qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda mulkiy huquqlarni qarzdordan undiruvchiga o'tkazish, shu jumladan qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqni o'tkazishni ro'yxatga olishlik uchun ro'yxatdan o'tkazuvchi organlariga murojaat etish; 9) ijro hujjatida ko'rsatilgan harakatlar qarzdorning shaxsiy ishtirokisiz amlga oshirilishi mumkin bo'lsa, bu harkatlarni qarzdorning nomidan va uning hisobidan amalga oshirish; 10) undiruvchini turar joyga majburiy kuchirib kiritish; 11) qarzdorni turar joyidan majburiy ko'chirish; 12) turar joy bo'lmagan xonalarni, omborlarni qarzdor va uning mol-mulkidan bo'shatish; 13) qarzdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan chiqishni vaqtincha cheqlash; 14) qonunda yoki ijro hujjatida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish. Yuqoridan tashqari, fuqarolar va mansabdor shaxslar sud ijrochisining chaqiruviga ko'ra uning huzuriga yoki ijro harakatlari amalga oshirilayotgan joyga kelishdan uzrsiz sabablarga ko'ra bosh tortgan taqdirda ular sud ijrochisining qaroriga asosan majburiy keltirilishlari mumkin. Sud ijrochilari o'z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur bo'lgan axborot, hujjatlar va hujjat nusxalari ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.24 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.24 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: doc