Sud departamentining hududiy boshqarmalari, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish

Sud departamentining hududiy boshqarmalari, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish

O'quvchilarga / Huquq
Sud departamentining hududiy boshqarmalari, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish - rasmi

Material tavsifi

Sud departamentining hududiy boshqarmalari sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish Reja: Sud departamentining hududiy boshqarmalari sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bo'yicha ishlarini tashkil etadi Ijro etish organlari Ijro etish asoslari Sud departamentining hududiy boshqarmalari sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bo'yicha ishlarini tashkil etadi O'zbekiston Respublikasining Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi Qonuni 3 -moddasiga muvofiq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlash departamenti organlarining sud ijrochilari zimmasiga yuklatiladi. Sud ijrochilarining vakolatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Sud departamenti sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bo'yicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi. Sud departamenti o'z faoliyatini bevosita va hududiy tuzilmalari orqali amalga oshiradi. Sud departamenti o'z faoliyatini sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat idoralari hamda tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Quyidagilar Sud departamentining asosiy vazifalari hisoblanadi: - sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so'zsiz ijro etilishini ta'minlash; - sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlash hamda uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash; - sud ijrochilari kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo'yish hamda ularning malakasini oshirish; - sud ijrochilarining samarali faoliyat ko'rsatishini tashkil etish. Sud departamenti unga yuklatilgan vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: - sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijro etilishini ta'minlaydi. Majburiy ijro etish qonun bilan boshqa davlat boshqaruvi organlariga yuklatilgan hujjatlar bundan mustasno; - vakolatli organlarning mol-mulkni, shu jumladan huquqbuzarlik buyumlari va qurollari hamda ashyoviy dalillarni davlat daromadiga o'tkazish yoki yo'q qilib tashlashni nazarda tutuvchi qarorlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijro qiladi; - xatlangan va olib qo'yilgan mol-mulklarning baholanishi, saqlanishi va sotilishini tashkil qiladi; - sud ijrochilari tuman (shahar) bo'limlarida ijro ishi, hujjat aylanuvi va statistika ishlarining yuritilishini tashkil etadi, sud ijrochilari ishini tashkil etishning samarali usullarini ishlab chiqadi va tatbiq etadi; - sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasidagi qonun hujjatlarining qo'llanilishi amaliyotini tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda uni takomillashtirish bo'yicha O'zbekiston Republikasi Adliya vazirligiga takliflar kiritadi; - Sud departamenti va uning organlari faoliyati natijalari to'g'risida statistik va tahliliy ma'lumotlarni shakllantiradi va yuritadi, ijro ishlari va undirilgan mablag'lar bo'yicha ma'lumotlar bankini belgilangan tartibda yuritadi; - hududiy bo'linmalar faoliyatini boshqaradi va nazorat qiladi; - markaziy apparat, hududiy boshqarmalar kadrlarini, sud ijrochilarini tanlash va joy-joyiga qo'yishni amalga oshiradi, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qiladi; - O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan belgilangan tartibda kadrlar ustidan ichki nazoratni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.08 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.08 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga