Sud departamentining surishtiruv olib borish va ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish amaliyoti

Sud departamentining surishtiruv olib borish va ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish amaliyoti

O'quvchilarga / Huquq
Sud departamentining surishtiruv olib borish va ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish amaliyoti - rasmi

Material tavsifi

Sud departamentining surishtiruv olib borish va ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish amaliyoti Reja: 1.Surishtiruv organi boshlig'i va surishtiruvchining vakolatlari 2.Ayrim turdagi jinoyatlarga doir ishlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv va surishtiruvni amalga oshirishning umumiy qoidalari Surishtiruv organi boshlig'i va surishtiruvchining Vakolatlari. Surishtiruv organi boshlig'i: kelib tushgan jinoyat haqidagi ariza, xabarlar va boshqa ma'lumotlarning o'z vaqtida ro'yxatga olinishi, ular bo'yicha belgilangan muddatlarda har tomonlama, sifatli va to'laqonli tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv o'tkazilishini ta'minlaydi; tergovga qadar tekshiruv o'tkazadi yoki tekshiruv o'tkazishni surishtiruvchilardan biriga topshiradi; o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasi bo'yicha jinoyat ishini qo'zg'atish, jinoyat ishini qo'zg'atishni rad qilish yoxud ariza yoki xabarni tergovga tegishliligiga qarab yuborish haqida qaror qabul qiladi yoxud surishtiruvchining shunday qarorlarini tasdiqlaydi; jinoyat ishi bo'yicha surishtiruv olib boradi yoki ishni surishtiruv olib borish uchun surishtiruvchiga topshiradi; surishtiruvchiga uning ish yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv materiallari va jinoyat ishlari bo'yicha yozma ko'rsatmalar beradi; tergovga qadar tekshiruv materiallari va jinoyat ishini bir surishtiruvchining ish yurituvidan ikkinchi surishtiruvchining ish yurituviga olib beradi; jinoyat ishi yoki tergovga qadar tekshiruv materiallarini tegishliligiga qarab tergov yoki boshqa surishtiruv organlariga o'z vaqtida yuborilishini ta'minlaydi; jinoyat sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini ko'radi, bunday choralar ko'rishni surishtiruvchidan talab qiladi; tergov organlari va prokuror tomonidan jinoyat ishlari bo'yicha berilgan yozma ko'rsatmalar va topshiriqlar ijrosini ta'minlaydi yoki ushbu ko'rsatmalar va topshiriqlarni ijro etish uchun surishtiruvchiga topshiradi; surishtiruvni amalga oshirayotganda, xuddi shuningdek tergovchining topshirig'ini bajarayotganda dastlabki tergov o'tkazish uchun belgilangan qoidalarga amal qilib, tergov harakatlari olib boradi va qarorlar chiqaradi. Surishtiruv organi boshlig'i prokuror ko'rsatmasiga rozi bo'lmagan taqdirda, ko'rsatmani bajarishni to'xtatmay turib, uning ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilishga haqlidir. Surishtiruvchi: ish yurituviga topshirilgan jinoyat haqidagi ariza, xabarlar va boshqa ma'lumotlar bo'yicha belgilangan muddatlarda har tomonlama, sifatli va to'laqonli tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv o'tkazadi; tergovga qadar tekshiruv o'tkazish natijasi bo'yicha jinoyat ishini qo'zg'atish, jinoyat ishini qo'zg'atishni rad qilish yoxud ariza yoki xabarni tergovga tegishliligiga qarab yuborish to'g'risida qaror qabul qiladi; surishtiruv organi boshlig'i tomonidan ish yurituviga topshirilgan yoki o'zi qo'zg'atgan jinoyat ishlari bo'yicha surishtiruv olib boradi; surishtiruv organi boshlig'ining o'z ish yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv materiallari va jinoyat ishlari bo'yicha bergan yozma ko'rsatmalari ijrosini ta'minlaydi; surishtiruv organi boshlig'i tomonidan tasdiqlangan qaror va kuzatuv xati asosida jinoyat ishlarini yoki tergovga qadar tekshiruv materiallarini tegishliligiga qarab tergov yoki boshqa surishtiruv organlariga o'z vaqtida yuboradi; jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini ko'radi; tergov organlari va prokuror tomonidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 52.94 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 52.94 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga