Sud fotografiyasi va video-tasvir yozuvi Reja: 1. Kriminalistik fotografiya tushunchasi, uning qo'llanish shakllari 2. Kriminalistik fotografiya metodlari 3. Suratga va video-tasvirga tushirish natijalarini protsessual rasmiylashtirish Sud fotografiyasi muhim kriminalistik sohalardan hisoblanib, uning jinoyatchilikka qarshi kurashdagi o'rni kattadir. JPKning 91-moddasida aytilishicha, dalillarni qayd etishda bayonnoma tuzish bilan bir qatorda ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvir, fotosuratga tushirish, qoliplar tayyorlash, nusxalar olish, rejalar, sxemalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning boshqa usullari qo'llanishi mumkin. Shunday ekan, sud fotografiyasi hodisa joyini ko'zdan kechirishda, tergov eksperimentida, murdani eksgumatsiya qilishda, olib qo'yish va tintuvda, tanib olish uchun ko'rsatishda va boshqa tergov harakatlarini o'tkazishda dalillarni mustahkamlovchi va aks ettiruvchi vosita sifatida qo'llaniladi. Kriminalistik fotografiya deganda tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlarida, shuningdek, ekspert tekshiruvlarida qo'llaniladigan ilmiy ishlab chiqilgan suratga tushirishning usullari tizimiga aytiladi. Fotosuratlar tergov harakatlari bayonnomalariga yoki ekspert xulosalariga ilova qilinadi. Ular rasmiy ravishda tushirilgan obyektlarni aks ettirib: predmet (iz) alomatlarini; tergov harakatlari olib borilgan sharoitni; ekspert tekshiruv natijalarini idrok etishga imkon beradi. Bunday tasvir bayonnomaning tasvirlov qismini (ekspert xulosasining tekshiruv qismini) to'ldiribgina qolmay, balki og'zaki tasvirlash orqali idrok etilishi qiyin bo'lgan alomatlar va sharoitlarni tushunish imkonini beradi. Suratga tushirish mustahkamlashning obyektiv shakli sifatida aks ettirish og'zaki usuliga nisbatan bir qator afzalliklarga ega: olingan suratlarning rasmiylashtirilganligi, ularning yaqqolligi, ma'lumot uzatishda yuqori darajada aniqligi, aks ettirish jarayonining nisbatan tezligi bularning barchasi zamonaviy fotoapparaturalardan foydalangan holda dalillarni mustahkamlashning eng muhim usullaridan biri bo'lib qoldi. Kriminalistik fotografiya ishonchli aks ettirishning va ilmiy-tekshiruv usullarining majmui sifatida hozirgi amaliyotda keng qo'llaniladi. Mazkur ko'shimcha vositalardan foydalanilganligi haqida tegishlicha tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. Shuningdek, JPKning 127-moddasida aytilishicha, shaxsni tanib olish uchun ko'rsatishning iloji bo'lmaganda, yoxud xavfsizlikni ta'minlash maqsadida uning fotosuratidan foydalanish mumkin. Bunda tergov harakatlari bayonnomasiga yoki sud majlisi bayonnomasiga fotojadval ilova qilinadi. JPKning 136-moddasida aytilishicha, ko'zdan kechirish chog'ida surishtiruvchi, tergovchi yoki sud fotosuratga tushiradi. Kriminalistik fotografiyaning metod va usullari, maqsadlariga ko'ra dalillarni mustahkamlovchi va tekshiradigan bo'lishi mumkin. Mustahkamlovchi metodlarga panorama, o'lchovchi, reproduksiyaviy, stereoskopik, tanib olinadigan va katta masshtabli suratga tushirish kiradi. Tekshiriladigan mikrosuratga tushirish, tasvir kontrastini kuchaytirish maqsadida suratga tushirish va ko'rinmas spektr nurlarida suratga tushirish kabi mustahkamlovchi metodlar qurollanmagan ko'z bilan ko'rish imkoni bo'lgan, tekshiriladigan suratga tushirish alomatlarini aks ettirish uchun xizmat qiladi. Tekshiruv metodlari yordamida hujjatlardagi qalbakilashtirish izlari aniqlanadi, mikroalomatlar o'rganiladi va hokazo. Kriminalistik fotografiya quyidagi turlarga bo'linadi: 1) sud-tergov fotografiyasi; 2) tezkor-qidiruv fotografiyasi; 3) sud-ekspert fotografiyasi; Sud-tergov va tezkor-qidiruv fotografiyasida mustahkamlovchi metodlar qo'llaniladi. Sud-ekspert fotografiyasida ham mustahkamlovchi, ham tekshiruvchi metodlardan foydalaniladi. Sud-tergov fotografiyasi quyidagi hollarda qo'llaniladi: 1) ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.35 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.35 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: doc