Sud hokimiyatiga ko'mak beruvchi organlar va muassasalar

Sud hokimiyatiga ko'mak beruvchi organlar va muassasalar

O'quvchilarga / Huquq
Sud hokimiyatiga ko'mak beruvchi organlar va muassasalar - rasmi

Material tavsifi

Sud hokimiyatiga ko'mak beruvchi organlar va muassasalar Reja: Prokuratura: tushunchasi,vazifalari va davlat organlari tizimidagi o'rni. Advokatura: tushunchasi va vazifalari. Boshqa yordamchi organlar va muassasalar: sud politsiyasi, notariat va boshqalar. Sud hokimiyatini amalga oshirishga yordam beruvchi organlar va mansabdor shaxslar. Konstitutsiyaviy huquqning me'yorlarida Sud hokimiyatini amalga oshirishga yordam beradigan (ba'zan asosiy vazifa emas) turli organlar va mansabdor shaxslar haqida eslatib o'tilgan. Bular: prokurorlar; tergovchilar; advokatlar; notarius; sud politsiyasi; sud ijrochilaridir; Ularning batafsil vazifalari asosiy qonun hujjatlari Bilan tartibga solinadi va boshqa huquq sohalarida o'rganiladi. Prokurorlara boshqa masalalar bilan bir qatorda jinoyat sodir etgan shaxs ustidan jinoyatni ochish vazifasina ham amalga oshiradi.U davlat vakili sifatida suda ommaviy ayblovni qo'llab quvvatlaydi (shaxsiy ayblovga oid ishlardaprokuratura ishtirok etmaydi), jazoni ijro etish joyida nazoratni amalga oshiradi. Prokuratura - bu asosiy vazifasi jinoiy xatti-harakatni sodir etgan shaxslarni jinoyat sodir etganligi uchun ta'qib etish, sudda davlat ayblovini amalga oshirish, jinoyatlarni oldini olish, shuningdek, shaxslarning jazo o'tash joylari (qamoqxonalar)da saqlanishining qonuniyligi ustidan nazorat olib boruvchi-davlat orgalidir. Uning tashkil etilishi va maqomi maxsus qonunlar va sud protsessual qonunchilik bilan tartibga solinadi; Prokuraturaning davlat hokimiyatida tutgan o'rnidan kelib chiqqan holda mamlakatlarni to'rt guruhga bo'lish mumkin: Prokuratura adliya vazirligi tarkibida bo'lgan mamlakatlar; prokuratura sudlar korpusi (magistraturalar) tarkibiga kiritilgan va sudlar huzurida bo'lgan mamlakatlar; prokuratura alohida tizimga ajratilgan va parlamentga hisobot beradigan mamlakatlar; prokuratura umuman bo'lmagan mamlaqatlar; Birinchi guruh mamlakatlar jumlasiga AQSH, Fransiya, Yaponiya, Polsha kiradi. Masalan, AQSH va Polshada adliya vaziri (AQSHda-Bosh attorney) ayni vaqtda, bosh prokuror ham hisoblanadi. Qo'yi pog'onadagi prokurorlar (attorneylar) unga bo'ysunadilar. Undan tashqari AQSHda har bir shtatda federal prokuraturadan tashqari shtat bosh prokurori boshchilik qiladigan va federal prokuraturaga bo'ysunmaydigan o'z prokuratura tizimi ham faoliyat ko'rsatadi. Federal Prokurorlar Prezident tomnidan Bosh attorney (prokuror)ning taqdimiga ko'ra, Senatning roziligi bilan tayinlab qo'yiladi. Shtatlarda prokurorlarning xuddi shu tarzda gubernatorlarning o'zlari tayinlaydilar. Fransiyada, 1958 yil magistraturaning maqomi to'g'risidagi organik qonunni o'zida mujassamlashtirgan №58-1270-sonli ordonansga muvofiq prokurorlar o'zlaridan yuqori turuvchi rahbarlarga, birinchi navbatda adliya vazirligiga bo'ysunadilar va ularning nazorati ostida bo'ladilar. Sud majlisida ular bemalol so'zga chiqishi mumkin. Kassatsiya va apellyatsiya sudlarida bosh prokurorlar, qonunda belgilangan boshqa barcha jarayonlarda esa Respublika prokurorlari faoliyat ko'rsatadilar. Ikkinchi guruhdagi mamlakatlar jumlasiga Ispaniya va Italiya kiradi. Masalan, Ispaniyada 1981 yilda, Prokurorning organik statuti qonunga muvofiq prokuratura qonuniylikni, fuqarolarning huquqlari va ommaviy manfaatlarni himoya qiladi, shuningdek, shaxslarning iltimosnomalariga ko'ra tribunal mustahilligiga rioya etilishini kuzatib boradi. Prokuratura nisbatan funksnonal avtonomiyaga ega bo'lgan sud hokimiyati tizimiga kirgan holda, o'z vazifalarini faoliyatlarini markazlashganligi va iyerarxik tobelik, qolaversa, qonuniylik xdmda biror bir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.17 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.17 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga