Sud hokimiyatining tashkil etilishi va funksiyalarining umumiy tavsifi

Sud hokimiyatining tashkil etilishi va funksiyalarining umumiy tavsifi

O'quvchilarga / Huquq
Sud hokimiyatining tashkil etilishi va funksiyalarining umumiy tavsifi - rasmi

Material tavsifi

Sud hokimiyatining tashkil etilishi va funksiyalarining umumiy tavsifi RYeJA: 1. O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari tizimida sud hokimiyatining tutgan o'rni 2. Sudlov hokimiyatini amalga oshirishning konstitutsiyaviy - huquqiy tamoyillari 3. Sud - huquq islohotlari 1. O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari tizimida sud hokimiyatining tutgan o'rni O'zbekiston Respublikasining odil sudlov organlari, davlat hokimiyatining bir tarmog'iga kiruvchi va qonun ustivorligini ta'minlab, tartibga solib turuvchi organdir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasida O'zbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi, Qoraqolpog'iston Respublikasining Oliy sudi, Qoraqolpog'iston Respublikasining xo'jalik sudidan shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar va xo'jalik sudlaridan iboratdir-deb belgilangan. 200 yilning 14 dekabrida qabul qilingan Sudlar to'g'risidagi qonunning yangi tahririga ko'ra yuqorida sanab o'tilgan sud tizimiga o'zgartirish kiritib, sudlar ixstisoslashtirildi, yani Qoraqalpog'iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha Oliy sudlari, fuqarolik va jinoiy ishlari bo'yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudlari joriy qilindi. Har bir davlatda odil sudlov organlari tizimi, ma'muriy-hududiy tuzilmalarda tashkil etiladi va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini rivojlantirish jarayonlarida korxona va tashkilot, davlat organlari va fuqarolar o'rtasidagi huquqiy munosabat natijasida kelib chiqadigan masalalarni belgilangan hududiy birliklar miqyosida ko'rib chiqadi. Shuningdek,sud organlarining vazifalari va maqsadlari odil sudlovni amalga oshirish, hamda Respublika Konstitutsiyasida belgilab berilgan talablarni bajarishdan iborat. 2. Sudlov hokimiyatini amalga oshirishning konstitutsiyaviy - huquqiy tamoyillari Odil sudlovning konstitutsiyaviy tamoyillari - umumiy, rahbariy, birlamchi qoidalar bo'lib, davlat faoliyatining ushbu sohaga xos asosiy xususiyatlarini yoritib beradi. Ushbu tamoyillarning odil sudlovga doir qonunlarni yaratishda, sud hokimiyati davlat organlari mexanizmida, jamiyat siyosiy tizimida tutgan o'rni va rolini belgilab berishda alohida xizmati bor. Odil sudlov tamoyillarining yig'indisi odil sudlovni huquqiy tartibga solishda va amalga oshirishda muhim qalqon va poydevor hisoblanadi. Bu holat O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlangan. Odil sudlov tamoyillarining xususiyati shundan iboratki, unda belgilangan qoidalar nafaqat fuqarolar, mansabdor shaxslar hamda davlat organlari uchun, balki qonun chiqaruvchi idoralar uchun ham taaluqlidir. Qonun chiqaruvchi va qonunga o'zgartirish kirituvchi organlar o'z faoliyatlari davomida demokratik talablar hamda an'analar qatori ushbu tamoyillarga ham amal qiladilar. O'zbekiston Respublikasining odil sudlovga oid konstitutsiyaviy tamoyillarni belgilashda boshqa mamlakatlarning, shuningdek xalqaro huquqning ijobiy tajribalari hisobga olingan. Odil sudlovni amalga oshirish va uning faoliyatini tashkil qilishda Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt kabi xalqaro hujjatlarning ilg'or g'oyalarini o'zida mujassam etganligi uchun ham g'oyat katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu hujjatlar dunyoning ko'pchilik davlatlari, shu jumladan O'zbekiston ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.88 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.88 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga