Sud hujjatlarini ijro etish Reja: 1. xo'jalik protsessi tizimida ijro ishlarini yuritishning tutgan o'rni. 2. Ijro varakasi tushunchasi va uning mazmuni. 3. Ijro ishlarini yuritishning umumiy qoidalari. Qonuniy kuchga kirgan xo'jalik sudining hujjatlari O'zbekiston Respublikasining butun hududida barcha davlat organlari,fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan qonunlarda belgilangan tartibda va muddatda ijro etilishi lozim. Ushbu qoidadan kelib chikkan holda xo'jalik protsessining yakunlovchi, mustaqil va majburiy bosqichi bo'lgan sud hujjatlarini ijro etish bosqichining xo'jalik protsessi tizimida tutgan o'rni haqida fikr yuritish mumkin. Ushbu darslikning bir kator mavzularida xo'jalik sudlari tomonidan kabul kilinadigan hujjatlarga, hususan, ajrim, xususiy ajrim, sud buyrugi, hal kiluv karori, karorlarga tushuncha, ularning mazmuni, kabul kilinish tartibi, uzgartirilish va bekor kilinish tartiblariga va boshqalarga tuxtalib utildi, shu bilan birga ularning qonuniy va asosli bo'lishligi masalasiga ham tuxtalib utildi. Sud hujjatlarining qonuniy va asosli bo'lishi adolatning karor topishidir,yani buzilgan huquq va qonuniy manfaatlar tiklanib, odilsudlov amalga oshirilganidir. Ammo har kancha adolatli, qonuniy, asosli sud hujjati kabul kilinmasin, agar u ijro etilmasa, bunday sud hujjati hech qanday kuchga ega bulmaydi.Hujjatlari ijro etilmaydigan sudning obrusi ham, jamiyat a'zolarining unga ishonchi ham bulmaydi. Demak, ijro bosqichi sud hujjatlarini kuchini belgilab beruvchi xo'jalik protsessi tizimida uzining alohida o'rniga ega bo'lgan bosqich hisoblanadi. xo'jalik sudi hujjatlarini ijro etilishi O'zbekiston Respublikasi xo'jalik protsessual kodeksiga, O'zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonuni bilan amalga oshiriladi. Ijro varakasi tushunchasi va uning mazmuni. xo'jalik protsessual kodeksida sud hujjatlarini ijro etishning protsessual tartibi belgilab qo'yilgan. Sud hujjatlarini ijro etish shu hujjatni kabul kilgan xo'jalik sudi tomonidan beriladigan ijro varakasi asosida amalga oshiriladi. Ijro varakasi deb xo'jalik sudi tomonidan berilgan xo'jalik sudi sud hujjatida bayon qilingan undiruvchining majburiy ijro etilish huquqini tasdiklovchi hujjatga aytiladi. Ijro varakasi undiruvchiga sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan keyin beriladi. Pul mablaglarini byudjet daromadiga undirish uchun ijro varakasi karzdor turadigan joydagi solik organiga yuboriladi. Pul mablaglarini undirish uchun ijro varakasi undiruvchi tomonidan bankka yoki boshqa kredit muassasasiga, boshqa hollarda esa sud ijrochisiga yuboriladi. Ijro varakasida kuyidagilar kursatilishi lozim: 1) ijro varakasini bergan xo'jalik sudining nomi; 2) ijro varakasi berilgan ish va uning tartib rakami; 3) ijro etilishi lozim bo'lgan sud hujjati kabul єilingan sana; 4) undiruvchining va karzdorning nomi, ularning manzillari; 5) sud hujjatining xulosa kismi; 6) sud hujjati qonuniy kuchga kirgan sana; 7) ijro varakasi berilgan sana va uning amal qilish muddati. Agar xo'jalik sudi tomonidan ijro varakasi berilguncha sud hujjatini ijro etishni kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib ijro etishga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.75 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.75 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:02 ]
Arxiv ichida: doc