Sud hujjatlarining yuridik texnikasi Reja: 1.Sud hujjatlarining turlari. 2.Sud hujjatlari mazmuniga qo'yiladigan talablar. 3.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi tomonidan chiqariladigan hujjatlarining yuridik texnikasi. 4.O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi tomonidan chiqariladigan hujjatlarining yuridik texnikasi. 5.O'zbekiston Respublikasi Oliy Xo'jalik Sudi tomonidan chiqariladigan hujjatlarining yuridik texnikasi. 6.Sud hujjatlarini tuzishda til qoidalari. Sud hujjatlarining turlari. Sud hujjatlari mazmuniga qo'yiladigan talablar. Sud hujjatlari huquq qo'llash hujjatlarining muhim bir turi hisoblanadi. Shu bois, unga nisbatan ham huquq qo'llash hujjatlariga qo'yilgan talablarning barchasi qaratiladi. Ammo, aynan sud hujjatlariga qo'yiladigan yana boshqa talablar ham mavjud. Bular mazkur toifa hujjatlarining mazmun va mohiyatidan kelib chiqadi. Sud hujjati doimo muayyan yuridik oqibat vujudga keltiradigan yuridik hujjatdir. Sud qarorida albatta nizoli ish qonunda va protsessual qonunchilikda belgilab qo'yilgan asos va tartibda ko'rib chiqilib, tegishli qaror o'z ifodasini topishi kerak. Sud hujjatlari - bu tegishli sudlarda qonun talablari asosida jinoiy, fuqarolik, xo'jalik, ma'muriy ishlarni mohiyatan ko'rish natijasida qabul qilinadigan huquq qo'llash hujjatidir. Sud hujjatining quyidagi turlari bor: ajrim, xususiy ajrim, qaror, bo'yruq, hukm, hal qiluv qarori. Ajrim. Birinchi instansiya sudining ishni mazmunan hal qilmaydigan qaroriga ajrim deb aytiladi. Sud muhokamasi vaqtida hal qilinadigan barcha masalalar yuzasidan sud ajrim chiqaradi. Jinoyat ishini qo'shimcha tergov o'tkazish uchun prokurorga yuborish to'g'risidagi, ishni tugatish yoki to'xtatish haqidagi, ehtiyot choralarini qo'llash (o'zgartirish, bekor qilish) to'g'risidagi, ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risidagi, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada bo'lishi muddatini uzaytirish haqidagi, rad qilishlar to'g'risidagi ajrimlarni, shuningdek xususiy ajrimlarni sud alohida xonada (maslahatxonada) chiqaradi. Bu ajrimlar alohida hujjatlar tarzida rasmiylashtiriladi va sud tomonidan imzolanadi. Hal qiluv qarori singari ajrim ham to'rt qismdan iborat bo'ladi. FPKning 238-moddasida ko'rsatilganidek, maslahatxonada (alohida xonada) chiqariladigan sud ajrimida quyidagilar ko'rsatiladi: 1) ajrimning chiqarilgan vaqti va joyi; 2) sudning nomi va hay'ati, sud majlisining kotibi; 3) sudda ishtirok etuvchi shaxslar, vakillar; 4) nizoning predmeti va ajrim bilan hal qilinadigan masalaning mazmuni; 5) sud o'z xulosasi uchun olgan asoslar va sud qo'llagan qonunlar; 6) sudning hal qilayotgan masala yuzasidan xulosasi; 7) ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati. Qonun bo'yicha shikoyat qilib bo'lmaydi deb hisoblanadigan xususiy ajrimlar yoki xususiy shikoyat va protest berishga yo'l qo'yilmaydigan ajrimlargina qonuniy kuchga kiradi. Bu ajrimlardan avvalgilari ajrim chiqarilishi bilanoq qonuniy kuchga kiradi, ikkinchilari esa, shikoyat qilish uchun berilgan muddat o'tgandan keyin yoki shikoyat yo protest yuqori sud tomonidan rad qilinganidan keyin qonuniy kuchga kiradi. Boshqa ajrimlar esa ish yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarori bilan birga qonuniy kuchga kiradi. Sudning xususiy ajrimlari to'g'risidagi qoidalar FPKning 19-moddasida berilgan. Bu ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
44.92 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
44.92 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:02 ]
Arxiv ichida: docx