Sud muzokarasining etik va axloqiy asoslari Reja : 1. Sud muzokarasining axloqiy asoslari va o'ziga xosligi. 2. Prokuror ayblov nutqi etikasi va unga bo'lgan talablar. 3. Himoyachi nutqi etikasi va unga bo'lgan talablar. 1.Sud muzokarasining axloqiy asoslari va o'ziga xosligi. Sud muzokaralari sud muhokamasining yorqin va hayajonli qismi bo'lib, unda protsessning tortishuv printsipiga amal qilinishi yaqqol ifodalanadi. Sud tergovi tamomlanganidan so'ng sud taraflarning muzokarasini eshitishga o'tadi. Ayblov va himoya tomonlar sudga murojaat qilib, sud muhokamasini tasavvur qilinganiday yakunlab, ish bo'yicha qanday adolatli qaror chiqarish lozimligi haqidagi takliflari bilan sudga murojaat qilishadi. Muzokara davlat ayblovchisi va jamoat ayblovchisining nutqlari bilan boshlanadi, undan keyin jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar, yoki ularnining vakillari, himoyachi va jamoat himoyachisi, sudlanuvchi, fuqaroviy javobgar yoki uning vakili so'zga chiqadi. Davlat ayblovchisi va jamoat ayblovchisining, himoyachi va jamoat himoyachisining so'zga chiqish navbatini sud ularning takliflarini inobatga olgan holda belgilaydi (O'zR JPK 449 m.2-q). Sud muzokarasi fikrlar kurashi, manfaatlari odatda to'g'ri kelmaydigan taraflarning tortishuvidir. Shunga qaramasdan axloqiy xususiyatning umumiy talablari sud muzokarasi ishtirokchilarining barchasiga tegishlidir. А. F. Koni aytganiday bu-sud muzokaralarida axloqan ruxsat etilgan yoki ruxsat etilmagan odob-axloq asoslari bilan bog'langan talablardir. Sud muzokarasida ichtirok etayotganlar jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarni nafaqat hurmat qilishlari, balki ularga og'ishmay rioya qilishlari talab qilinadi. Aksincha axloqqa zid qarashlarni targ'ibot qilib o'z pozitsiyasini saqlab qolishdan saqlanishlari kerak. Sud muzokarasi ishtirokchilaridan birontasi ishda ishtirok etayotganlarning, hatto ishning qaysi bir holati bo'yicha eslatib o'tilgan ammo ishda qatnashmayotgan shaxlarning ham qadr-qimmatini kamsitishga haqli emas. Sud muzokarasida qatnashayotganlar bahslarda odob saqlashlari, sudda guvohlar, tarjimonlar, expertlar, mutaxassislarning shaxsi va xatti-harakatlariga baho berishda ehtiyot bo'lishlari talab etiladi. Sud muzokarasida ishtirok etayotgan tomonlar sudga hurmat bildirishlari, sudning obro'sini saqlashga ko'maklasishlari lozim. Sud muzokarasida ishtirok etayotganlar tomonidan sud'yalarning xatti-harakatiga baho berilishiga umuman yo'l qo'yilmaydi. Odatda sud muzokarasida ishtirok etayotganlar ayblovning isbotlatlanganligi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va boshqa shaxslarning xatti-harakatlari haqida, sud tomonidan jazo tayinlanishi mumkin holatlarda hisobga olinishi lozim bolgan holatlar to'g'risida har xil pozitsiyani ushlashadi. Shu sababli ham sudda muzokaraga chiquvchining axloqiy erkinligi muammosi, ya'ni u sudga o'zining sud nutqida ham haqiqatni aytish muammosi yuzaga keladi. Sud muzokarasida sudlanuvchining o'zi, ya'ni qonuniy asoslarga binoan himoyachining ishtirok etmasligi mumkin holatda, himoya nutqini gapirayotganida sudga haqiqatni gapirmaganligi, ya'ni yolg'onni gapirganligi uchun unga huquqiy tarzda e'tiroz bildirishlik mumkin emas. Ammo axloqiy nuqtai nazardan sudlanuvchi to'g'ri gapirishdan, yolg'ondan yiroq bo'lishdan ozod etilmaydi. Sud muzokarasida istirok etayotgan boshqa tomonlar, masalan davlat ayblovchisi, himoyachi, jabrlanuvchi boshqa huquqiy holatda bo'lishadi va ularga nisbatan yo'naltirilgan axloqiy talablar ham farq qiladi. Bu talabdan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.99 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.99 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:02 ]
Arxiv ichida: doc