Sud notiqligi sanati

Sud notiqligi sanati

O'quvchilarga / Huquq
Sud notiqligi sanati - rasmi

Material tavsifi

Sud notiqligi san'ati Reja: Prokurorning ayblov nutqi Advokatning himoya nutqi Sud jarayoni va nutq madaniyati Sud muzoqarasi va uning o'ziga xosliklari Sud notiqligi. Yuristning nutq odobi Tergov jarayonida so'roq qilishning nutqiy strategiyasi va taktikasi Yuridik protsessual hujjatlarning o'ziga xos jihatlari Prokurorning ayblov nutqi Malumki fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo'li bilan samarali himoya qilinishini ta'minlash maqsadida barcha instansiya sudlarida ishlar ko'rilayotganda prokuror qonunda belgilangan tartibda ishtirok etadi. Prokuror sudlarda jinoyat ishlari ko'rilayotganda davlat ayblovini quvvatlaydi. Shuning uchun ham sud jarayonida prokurorga nisbatan davlat ayblovchisi termini qo'llaniladi. Prokuror birinchi instansiya sudlarida jinoyatlarga doir ishlarni ko'rishda ishtirok etib, davlat ayblovini quvvatlaydi, dalillarni tekshirishda ishtirok etadi. Sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar va sudga taklif etilgan boshqa shaxslarga savollar beradi. Jinoyat Kodeksining normalarini qo'llash, sudlanuvchining jinoiy harakatlarini dalillar asosida isbotlash, unga jazo turini va me'yorini tayinlash to'g'risida hamda sudda hal etilishi lozim bo'lgan masalalar yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bayon qiladi, jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar haqida hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar to'g'risida o'z fikrini bildiradi. Davlat ayblovchisi sud tergovi yakunlarini inobatga olib, o'z nutqida sudlanuvchining aybdor yoki aybdor emasligi to'g'risidagi xulosaga keladi. Davlat ayblovchisi o'zining bu vakolatini muvaffaqiyatli bajarishi uchun taraflar muzoqarasidagi nutqida davlat ayblovining o'ziga xos nozik tomonlarini yaxshi o'zlashtirgan bo'lishi zarur. Prokuror sud jarayonida tirik inson hayoti muhokama qilinayotganligini aslo esdan chiqarmasligi lozim. Bazan hayotda muhokamadagi ish to'laligicha dalillanmay, masalaning nozik qirralari etarli o'rganilmay, gunohsiz odam jinoyatchi deb topilgan holatlar ham bo'lgan. Shuning uchun ham O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 1998 yil 12 noyabrdagi Sudlarda jinoyat ishlari ko'rilishida prokuror vakolatini ta'minlash ishini takomillashtirish haqidagi buyrug'ida: Sudlarda ishtirok etayotgan va davlat ayblovini quvvatlayotgan prokurorlar notiqlik mahoratiga ega bo'lsinlar, sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo'ysunishi, o'zaro tortishuv tamoyiliga, sud muhokamasi va madaniyati qoidalariga qatiy rioya qilsinlar, dalil-isbotlarni tekshirishda faol ishtirok etib, ishni ko'rishda yuzaga kelgan masalalar bo'yicha asosli xulosalar berib, jinoyat sodir qilganlarga murosasiz bo'lib, tergov va suddagi ma'lumotlar aybsizlikdan to'liq dalolat bersa, ayblovdan voz kechib, o'z faoliyati bilan odil sudlovga ko'maklashsinlar. Davlat ayblovchisining fikri sudda yozma taqdim etilishi majburiyligi haqidagi qonun talabiga rioya qilsinlar , - deb takidlangan. Bundan tashqari, prokuror qonunni, uning talablarini qatiy himoya qiluvchi huquq-tartibot xodimi hisoblanadi. U huquqiy islohotlarni o'tkazishda, huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurish ishida hal qiluvchi o'rinni egallaydi. Shuni afsus bilan aytish kerakki, bazi prokurorlar o'zlarining faoliyatlarida himoya qilishdek muqaddas burchlarini unutib, ko'pincha jazolash xususiyatlarini namoyon qilib qo'ymoqdalar. Prezidentimiz I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasida: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 54.26 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 54.26 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga