Sud orqali fuqarolarning shaxsiy - nomulkiy huquqlarini himoya qilish

Sud orqali fuqarolarning shaxsiy - nomulkiy huquqlarini himoya qilish

O'quvchilarga / Huquq
Sud orqali fuqarolarning shaxsiy - nomulkiy huquqlarini himoya qilish - rasmi

Material tavsifi

Sud orqali fuqarolarning shaxsiy-nomulkiy huquqlarini himoya qilish Ma'lumki, totalitar tuzum sharoitida fuqaroning muammolari va tashvishlari ma'muriy-buyruqbozlik tizimining e'tiboridan chetda qolib kelgan edi. O'sha davr sharoitida shaxsning nomoddiy huquqlari, sha'ni va qadr - qimmatining himoyasi ham hamin qadar edi. Endilikda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati barpo etilayotgan mustaqil O'zbekistonda umuminsoniy qadriyatlar va shaxs huquqi ustunlikka egadir. Aslida qonunlarning sifati, shaxsning jamiyatda tutgan huquqiy holati, davlat va fuqarolar o'rtasidagi munosabatlar davlatning fuqarolar shaxsiy hayotiga aralashuv chegarasi bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasida: O'zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga bo'lgan huquqlari va burchlari bilan o'zaro bog'liqdirlar. Konstitusiya va qonunlarda mustahkamlab qo'yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sudsiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo'yishga hech kim haqli emas deyiladi. Huquqiy davlat qurishda fuqarolarning huquqiy madaniyati va siyosiy tafakkuri muhim omillardan sanaladi. Agar fuqarolar qonunlarni puxta bilsalar, ularga hurmat bilan munosabatda bo'lsalar va ularga so'zsiz rioya qilsalar, jamiyat yanada taraqqiylashadi va yuksak maqsadlarga erishiladi, demakki biron-bir fuqaro jamiyatning boshqa a'zolariga nisbatan zarar yetishi mumkin bo'lgan harakatlarga qo'l urmaydi. Huquqiy demokratik davlatda shaxsning barcha huquqlari, shu jumladan uning nomulkiy huquqlari ham qonun bilan qo'riqlanadi va fuqaroning sha'ni, qadr-qimmatini kamsitishga qaratilgan xatti-harakatlar (harakatsizliklar) natijasida ma'naviy zarar yetkazganlik uchun javobgarlik belgilanadi. O'z navbatida, ma'naviy zararni qoplash instituti fuqarolarning mulkiy bo'lmagan shaxsiy huquqlarini himoya qilishning samarali usuli tariqasida hozirgi kunda dolzarb ahamiyat kasb etib, jamiyatda qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga xizmat qiladi. Huquq sohasida ma'naviy zararni undirish nisbatan yangi institut hisoblanganligi bois, qolaversa fuqarolarning ma'naviy zararni undirishga doir qonunchiliklarni bilmasliklari natijasida yetkazilgan ma'naviy zarar uchun to'lov undirishni talab qilmaslik holatlari ko'plab uchramoqda. Shuningdek, sudlarimiz ham ayrim hollarda ma'naviy zararni qoplash bilan bog'liq ishlarni ikkinchi darajali ish sifatida qarab, ko'p vaziyatlarda e'tiborsizlik bilan qarash holatlari kuzatiladi. Shu munosabat bilan ma'naviy zararni qoshlash haqidagi ishlar bo'yicha sud amaliyotini o'rganish natajalarini muhokama qilib, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi ma'naviy zarar yetkazish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarning turliligi, ularni kuchga kirish muddatlarining har xilligi, shuningdek Fuqarolik kodeksi qabul qilinishi bilan tushuntirishlar berish talab qilinadigan muammolar kelib chiqqanligini qayd etgan holda 28 aprel 200 yilda Ma'naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo'llashning ayrim masalalari to'g'risida gi qarorini qabul qildi. Ma'naviy zararni undirish bilan bog'liq fuqarolik ishlarini ko'rib chiqish jarayonida kelib chiqqan nizolarni to'g'ri va o'z vaqtida hal etish uchun sudlar har bir ish bo'yicha quyidagi holatlarga alohida e'tibor berishlari kerakligi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorida alohida ta'kidlab o'tildi. Ular: a) ish bo'yicha taraflarning o'zaro munosabatlarining xarakterini; b) taraflar o'rtasidagi huquqiy munosabatga ma'naviy zararni qoplash ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.32 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.32 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga