Sud pretsedenti huquqning manbai sifatida

Sud pretsedenti huquqning manbai sifatida

O'quvchilarga / Huquq
Sud pretsedenti huquqning manbai sifatida - rasmi

Material tavsifi

Sud pretsedenti huquqning manbai sifatida REJA Kirish Asosiy qism 1. Sud pretsedenti huquqning manbai 2. Yuridik pretsedent 3. Huquqiy pretsedent Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati KIRISH Jamiyat rivojlanishi bilan davlat va huquq shakllari ham birgalikda rivojlanib, o'zgarib bordi. Avvalo, shuni alohida qayd etish kerakki, huquq fanining umumnazariy muammolari orasida huquqiy normalarni ifodalash hamda mustahkamlash shakllari rasman-yuridik mazmundagi huquq manbai sifatida belgilanadi. Huquq manbaining bunday talqini ma'lum darajada shartli bo'lib, ushbu tushuncha boshqacha ma'noga ega bo'lishi mumkin. Masalan, huquq manbai deganda, huquqiy normalar mazmunini belgilovchi ijtimoiy omillarni; huquqni bevosita ijod qiluvchi kuch bo'lgan davlatni; huquq to'g'risidagi axborot manbalarini tushunish mumkin. Tarixdan shu narsa ma'lumki, huquq shakllarining roli sud amaliyotiga borib taqaladi. Yuridik pretsedent huquq shakli (manbasi) sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davrda dunyoning anglosakson huquqiy tizimiga asoslanuvchi davlatlarida yuridik pretsedentning huquq manbasi sifatida o'rni beqiyosdir. Pretsedent - lotincha praecedens so'zidan olingan bo'lib, ilgarida bo'luvchi, oldinda boruvchi degan ma'noni anglatadi. Sud amaliyoti huquq shakli rolini o'ynagan hollar tarixda uchrab turadi. Hozirgi vaqtda sud pretsedenti Angliya uchun xuddi shunday ahamiyatga molik. Hozirgi Yevropaqonun hujjatlari umuman sud amaliyotini huquq shakli sifatida tan olmaydi. Lekin bu masala aqidaparastlik jihatidan ham, qonun chiqarish siyosati nuqtai nazaridan ham munozarali hisoblanadi. Sud pretsedenti huquqning manbai Yuridik adabiyotlarda e'tirof etilishicha, huquqning manbai deganda umumiy ma'noda huquqning ifoda etilish shakli tushuniladi. Huquq tushunchasida maxsus huquqiy mazmunnigina emas, balki uning mavjud bo'lishining ichki shaklini ham tushunmoq lozim. Huquqning manbai (shakllari) tushuncha sifatida huquqning davlat bilan bog'ligini bevosita ifodalaydi. Agar huquqning mazmuni bo'lib umumiy yurish-turish qoidalari yig'indisi hisoblansa, uning ichki shakli har bir alohida huquq normasining tashkil topish usullari va barcha huquq normalarining bir tizimga birlashishidir, uning tashqi shakli yoki huquqning manbai esa, davlat erkini o'ziga xos hujjatlashtirish, shakllantirish usullari yig'indisidir. Huquqning manbai tushunchasini uni tashqi ifodalash shakli nuqtai nazaridan tahlil qilganda, normalar hokimiyat tepasida turgan, xalqning, biror-bir sinfning yoki guruhning manfaatlarini ifodalovchi ma'lum bir siyosiy kuchning erkining qonun darajasiga ko'tarilgan ifodasidir. Davlat hokimiyatini tashkil qiladigan va huquqni yaratadigan kuch sifatida maydonga chiqadigan jamiyatning moddiy shart-sharoiti, moddiy ma'noda huquqning manbai tushunchasini anglatadi. Shakl doimo mazmunga ega bo'lishi kerak, agar u mazmunga ega bo'lmasa, o'z qadr-qimmatini yo'qotadi. Bizni birinchi o'rinda huquqning manbai sifatida shaqlan huquqiy odat, huquqiy pretsedent, normativ-huquqiy akt, normativ shartnomalar qiziqtiradi. Yuridik adabiyotlarda keltirib o'tilishicha, huquqning shakllari quyidagi o'ziga xos xususiyatlar bilan xarakterlanadi: u fuqarolar erkini normativ mustahkamlashi zarur; mavjud ijtimoiy-iqtisodiy bazis bilan belgilanadi; xalqning manfaatlariga xizmat qiluvchi siyosiy hokimiyatni ta'minlashi zarur; manfaatlarni ifodalashning eng demokratik shakli sifatida qonunlar ahamiyatini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 57.14 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 57.14 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga