Sud qarorlari yuzasidan shikoyat Reja: 1.Apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlarini tayyorlashning muhim xususiyatlari 2.Ishni nazorat tartibida ko'rib chiqish. 3.BMTning inson huquqlari bo'yicha Qo'mitasiga shikoyat qilish tartibi. Apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlarini tayyorlashning muhim xususiyatlari Ma'lumki, JPKning 4971-moddasiga ko'ra, sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmlari ustidan appelyatsiya tartibida shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin.Appelyatsiya (kassatsiya) tartibda ish ko'rilganda, xuddi birinchi instansiya bosqichi kabi ish mazmunan ko'rib chiqiladi.JPKning 4972-moddasida belgilanishicha, mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek, jabrlanuvchi, uning vakili sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmi ustidan imkoniyat berishga, prokuror va uning o'rinbosarlari protest bildirishga haqlidir. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini tayyorlashdan oldin bu ishda qatnashgan advokat bilan bir qatorda oldingi bosqichda qatnashmagan advokat ham qatnashishi mumkin. Agar advokat o'z mijozi bilan tuzilgan shartnomada faqat birinchi instansiya ishida qatnashishga kelishilgan bo'lsa ham, mijoz talab qilsa, apellyatsiya, katssasiya shikoyatini yozib berishga majbur hisoblanadi. Ish materiallarini o'rganish sud hukmini tahlili bilan boshlanadi, ammo sud hukmi qonuniy, asosli va adolatli bo'lishi lozimligini unutmaslik kerak. Advokat bunda asosan, quyidagilarga e'tiborini qaratishi lozim: Hukmning rasmiylashtirilishi, shakli va mazmun-mohiyatini, jinoyat-prosessual qonunchiligi, jinoyat ish materiallarini O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tegishli qarorlari va rahbariy ko'rsatmalari bilan mos kelishi kabi holat. Advokat O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining Sud hukmi to'g'risidagi (1997- yil 2 -may 2-sonli qarori va Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida muhokama etish jarayonda prosessual qonunchilikka rioya qilishi to'g'risidagi (1997- yil 27- avgust 12-sonli) qarori (ularga keyinchalik kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar bilan birgalikda) bilan yaqindan tanishgan bo'lsagina, ish materiallarini bir-biriga solishtirib, apellyatsiya (kassatsiya) shikoyatida ifoda qilinishi lozim bo'lgan prosessual qonunchilik normalarining buzilganligiga misollar keltirishi mumkin bo'ladi. JPKning 4791-moddasida apellyatsiya shikoyatining yozishda ba'zi bir belgilangan talablar mavjud bo'lib, ular apellyasiya shikoyai va protestida quyidagilar albatta ko'rsatilishi lozim: shikoyat, protest yo'llanayotgan sudning nomi; shikoyat bergan shaxs, uning prosessual mavqei, yashash joyi, yoki turar manzili to'g'risidagi ma'lumotlar; hukmni chiqargan sudning nomi, sana, shikoyat yoki protest bildirayotgan hukm kimga nisbatan chiqarilgan bo'lsa, shu shaxs to'g'risidagi ma'lumotlar; shikoyat protest bergan shaxsning vajlari, uning fikricha, qarorning noto'g'riligi nimadan iborat ekanligi hamda iltimosning mohiyati; arizachi o'z talablarini asoslanayotgan va apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirishi lozim bo'lgan dalillar, birinchi sud instansiya sudida tekshirilmagan dalillar; shikoyat protestga ilova qilinayotgan materiallar ro'yxati; shikoyat protest bildirgan sana, arizachining imzosi. Sud ishini kassatsiya va nazorat tartibida ko'rishda, JPKning 482-moddasi talablariga ko'ra, shikoyat yoki protestda bayon etilgan vajlar bilan chegaralanmasdan, ishni barcha mahkum (oqlangan shaxs)larga, shu jumladan, shikoyat bermagan hamda ustidan shikoyat yoki protest bildirmaganlarga nisbatan ham to'la hajmda tekshirishga majbur. Sudlangan shaxs, uning himoyachisi keltirilgan shikoyatni ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.49 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.49 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:02 ]
Arxiv ichida: doc