Reja: 1.Sud va boshqa idoralarning qarorlarining ijrosi-fuqarolik protsessining 2.yakunlovchi bosqichi 3.Sud qarorlarini ijro etishda ishtirok etuvchi shaxslar 4.Ijro qilish asoslari 5.Ijro hujjatlarining majburiy ijroga topshirish muddatlari 6.Ijro ishining yuritishning umumiy qoidalari 7.Qarzdorning mulki hisobiga haq undirish tartibi 8.Ish haqidan undirish 9.Undirilgan summani undiruvchilar o'rtasida taqsimlash 10.Nafaqa undirish 11.Bekor qilingan sud hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlarining ijrosini qaytarish Sud va boshqa idoralarning qarorlarining ijrosi-fuqarolik protsessining yakunlovchi bosqichi Ushbu bob «sud hal qiluv qarorlarining ijro etilishi» deb atalsa-da, ammo bunda fuqarolik ishlari yuzasidan qarorlar chiqarishga huquqli bo'lgan boshqa organlarning qarorlarini ijro etish to'g'risida ham so'z boradi. Odil sudlovlikni amalga oshirish maqsadida fuqarolar va tashkilotlarning huquqlarini qo'riqlash maqsadida chiqarilgan qarorlarni ijro etish fuqarolik protsessining yakunlovchi bosqichidir. Sudning hal qiluv qarorlariga shikoyat yuqoriga shikoyat (protest) berilmasa yoki qaror sudlarda tasdiqlanganidan so'ng qonuniy kuchga kiradi. Bu qarorlar, shuningdek fuqarolik ishlari to'g'risida boshqa organlarining qarorlari odatda ixtiyoriy ravishda ijro etiladi. Agar bunday qarorlarni ijro etishga (tegishli summani to'lashga, narsalarni topshirishga, muayyan ishlarni bajarishga) majbur bo'lgan shaxs (yoki shaxslar) ixtiyoriy ravishda ijro etmasalar, sud FPKning 370-385-moddalari va sud qarorlarini ijro etish tartibi to'g'risidagi qonunlar bilan belgilangan tartibda ijro etiladi. Amaldagi FPK ijro bilan bog'liq bo'lgan ayrim harakatlar sud faoliyati va ish yuritish bilan bog'liq bo'lmaganligi sababli bu bob birmuncha qisqartirilganligi va shu tufayli qator huquqiy me'yorlar sud ijrochisining faoliyatida o'z aksini topishligi belgilangan. Bulardan tashqari ijro harakatlari «Sud ijrochilari to'g'risida»gi hamda «Sud hujjatlarini ijro qilish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining 199 yil dagi qonunlari bilan tartibga solinadi. Sud qarorlarini ijro etishda ishtirok etuvchi shaxslar Sudning hal qiluv qarorlarini va boshqa aktlarni majburiy tartibda ijro etishni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs sud ijrochisi hisoblanadi. Sud ijrochisi o'z tashabbusi bilan hal qiluv qarorini tez va aniq ijro etish uchun hamma qonuniy choralarni ko'rishga va taraflarga, ularning huquqlari va qonun bilan ko'riklanadigan manfaatlarini himoya qilishda faol yordam berishga majbur. Ijro etadigan burch-vazifalariga ko'ra sud ijrochilari sud akt hujjatlari va boshqa organlarning akt hujjatlarini ijro etadigan sud ijrochilariga va sudlarning belgilangan tartibda faoliyat yuritishini ta'minlashda yordam ko'rsatadigan sud ijrochilariga bo'linadi. Sud ijrochilari to'g'risidagi qonunning mazmunidan aniqlanishicha, sud ijrochilari ijro hujjatlarini bajarilishi bilan shug'ullanuvchi ijrochilarga hamda sud faoliyatini tashkil qilish, odil sudlovni amalga oshirishda har tomonlama ko'maklashuvchi ijrochilar tashkil qilinishi mo'ljallangan. Amaldagi qonunlarga asosan sud ijrochilari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi organlari tarkibiga kirgan sud ijrochilarining joylarda quyidagi tizimi mavjud: Adliya vazirligining o'rinbosarlaridan biri bosh sud ijrochisi bo'lib, u Vazirlikda tashkil etilgan sud ijrochilari bosh boshqarmasini boshqaradi, boshqarmaga esa boshqarma boshlig'i rahbarlik qilib, o'z ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
59.09 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
59.09 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:02 ]
Arxiv ichida: doc