Sud statistikasining umumiy tushunchasi va tarixi Reja: 1. Statistika atamasi, tushunchasi, statistika fanining predmeti, o'rganish obyektlari; 2. Statistika fanining asosiy tarmoqlari, umumiy nazariy statistika, ijtimoiy statistika, statistikaning paydo bo'lish va rivojlanish tarixi, statistikaning predmeti; 3. O'zbekistonda statistikaning vujudga kelishi va rivojlanishi; 4. Sud statistikasining umumiy va tarmoqlararo rivojlanishi. Jahon kriminalistik statistikasining vujudga kelishi, statistik ma'lumotlarni taqqoslashda BMT ning roli; 5. Sud statistikasining fan sifatida rivojlanishi; Statistika atamasi, tushunchasi, statistika fanining predmeti, o'rganish obyektlari. Statistika - birinchidan, jamiyatdagi ijtimoiy ishlab chiqarishni miqdor ko'rsatgichlarini, ularni o'zgarishi va rivojlanishini o'rganuvchi, qayta ishlovchi - fandir. Ikkinchidan, ommaviy ko'rinish-hodisotlarning miqdor hisobidir. Uchinchidan, matematik statistika - ilmiy-amaliy xulosalar qilish va tegishlicha foydalanish uchun matematik uslub bilan tizimlashtirishga bag'ishlangan matematikaning bir bo'limidir. To'rtinchidan, demografik statistika - aholi joylashishining, harakatining (bir yashash joyidan ikkinchi joyga ko'chib yurishi), tarkibining (qanday millat, qanday irq, qancha erkak, qancha ayol, qancha voyaga yetgan, qancha voyaga yetmagan, qanchasi nafaqa yoshida va hokazo), miqdorining (aholini son jihatdan o'sishi, tug'ilishi va o'lish dinamikasi) darajasiga oid ma'lumotlarni statistik uslub bilan tahlil qilish bilan shug'ullanuvchi statistika sohasi hisoblanadi. Statistik kuzatuv - orqali jamiyatdagi ommaviy ko'rinishlar, holatlar haqida aniq ma'lumotlar to'planadi. Masalan, aholini ro'yxatdan o'tkazish orqali, insonlarning ko'payishi, tug'ilishi va o'limi dinamikasi, jamiyatda qaysi yoshdagi shaxslar qancha foizni tashkil etayotganligi, ularni qaysi manzillarda qancha miqdorda yashayotganligi aniqlanadi. Albatta bu ma'lumotlardan aholini kerakli bo'lgan iste'mol mollari, oziq-ovqat bilan ta'minlash, transport vositalarini qatnovini yo'lga qo'yish, ish joyi hamda yashash joyi bilan ta'minlash va kerakli madaniy va maishiy xizmatlar ko'rsatish masalalarini o'z vaqtida to'g'ri hal qilish uchun, jinoyatchilik haqidagi ma'lumotlardan esa, jinoyatchilikka qarshi kurash borasida keng foydalaniladi. Statistika fanining asosiy tarmoqlari, umumiy nazariy statistika, ijtimoiy statistika, statistikaning paydo bo'lish va rivojlanish tarixi, statistikaning predmeti. Har qanday fanni, shu jumladan, sud statistikasini ham o'rganishga kirishishdan avval, uning predmeti nima va usullari qandayligini aniqlashtirish, ya'ni u qanday voqea-hodisalarni o'rganadi va buning uchun qanday usullarni qo'llaydi, degan savollarga javob berish lozim. Shuni nazarda tutish kerakki, sud statistikasi mamlakatimiz iqtisodiy, siyosiy, madaniy va huquqiy hayotining barcha tarmoqlarini o'z ko'rsatkichlarida aks ettirgan statistikaning ko'psonli tarmoqlaridan biridir. Statistika, boshqa ijtimoiy fanlar singari turli-tuman ijtimoiy hodisalarni o'rganadi. Bugungi kunda statistika - ijtimoiy-ommaviy hodisotlarning va jarayonlarning o'ziga xos bo'lgan uslub va shakllar yordamida miqdoriy tomonini o'rganuvchi va ularning rivojlanish qonuniyatlarini hamda an'analarini miqdoriy ko'rsatgichda o'zida aks ettiruvchi fanning tarmog'idir. Statistikani ikki variantda ya'ni, keng va tor ma'nodagi statistikaga bo'lishimiz mumkin. Keng ma'nodagi statistika deganda - qaysi sohaga taalluqli bo'lishidan qat'iy nazar, barcha ommaviy hodisotlarning yig'indisini o'rganadigan fanni tushunamiz. Tor ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.4 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.4 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:02 ]
Arxiv ichida: doc