Sud xarajatlari, protsessual muddatlar, sud ajrimi va qarori, sud bayonnomasi REJA Sud xarajatlari Protsessual muddatlar Sud ajrimi va qarori Sud bayonnomasi Case 1 Arizachi Toshkent viloyat prokurori tadbirkorlik subyekti bo'lgan HYYAT MCHJ manfaatida Nurafshon tumanlararo ma'muriy sudiga ariza bilan murojaat qilib, unda Ohangaron tuman hokimligiga nisbatan Ohangaron tuman hokimining 2021-yil 11-avgustdagi 46-10-134-Q21-sonli bino-inshootni ajratishni rad etish to'g'risidagi qarorini haqiqiy emas deb topishni so'ragan. Ishni ko'rish davomida jamiyat rahbari sudga ariza taqdim etib, Ohangaron tuman hokimligiga nisbatan arizasi bo'yicha ko'rilayotgan ma'muriy ishni tuman hokimining 2021-yil 11-avgustdagi 46-10-134-Q21-sonli qarori, tuman hokimining 23.02.2021 yildagi 107-10-134-Q21-sonli qarori bilan bekor qilinganligi sababli ma'muriy ishni ish yuritishdan tugatishni so'radi. Sudya ish yuritish davom etayotganligi sababli hozir ish yuritishni tugatish qonunchilikka muvofiq emasligini ta'kidlab, hal qiluv qarori bilan arizachining talablarini qanoatlantirdi. Bundan norozi bo'lgan hokimiyat vakili yuqori turuvchi sudga apellatsiya shikoyati bilan murojaat qildi. Sud xarajatlarining turlari MSIYTK ga binoan Davlat boji to'g'risidagi Qonun Vaziyat Ariza beruvchi A. sud materiallaridan fotonusxa oldi. Sud arizachiga davlat bojini to'lashni talab qildi. Sudning harakatiga baho bering! Davlat boji Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy to'lovdir. O'zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun to'lanadigan konsullik yig'imi; Ixtirolarga, foydali modellarga, sanoat namunalariga, seleksiya yutuqlariga, tovar belgilariga, xizmat ko'rsatish belgilariga, geografik ko'rsatkichlarga, tovar kelib chiqqan joy nomlariga, integral mikrosxemalar topologiyalariga huquqiy muhofaza berish bilan bog'liq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik uchun to'lanadigan patent boji. Vakolatli muassasalarga va (yoki) mansabdor shaxslarga murojaat qilayotgan va o'ziga nisbatan yuridik ahamiyatga molik harakat va (yoki) hujjatlar berish amalga oshiriladigan yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini to'lovchilardir. Davlat bojini to'lash asoslari, miqdori va tartibi, uni to'lashni kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib to'lash, to'lashdan ozod qilish tartibi, davlat bojini qaytarish tartibi qonunda belgilanadi. O'zbekiston Respublikasining Davlat boji to'g'risidagi Qonuni, 06.01.2020 yildagi O'RQ-600-son Savol? Ma'muriy sudlarning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish to'g'risidagi, da'voni ko'rmasdan qoldirish haqidagi, sud jarimalarini solish to'g'risidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, shuningdek ma'muriy sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlarini va ko'chirma nusxalarini berganlik uchun davlat boji undiriladimi? Javob! Davlat boji to'g'risidagi Qonunning 5-moddasi 3- bandiga ko'ra undiriladi! Ma'muriy sudlarda davlat bojini to'lashdan ozod qilish tadbirkorlik subyektlari - tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, ma'muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo'lgan boshqa organlarning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.23 MB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:02
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.23 MB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:02 ]
Arxiv ichida: pptx