Sudda ishtirok etuvchi taraflarning asosiy vazifalari

Sudda ishtirok etuvchi taraflarning asosiy vazifalari

O'quvchilarga / Huquq
Sudda ishtirok etuvchi taraflarning asosiy vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Sudda ishtirok etuvchi taraflarning asosiy vazifalari Reja: Sudda ishtirok etuvchi taraflarning asosiy vazifalari 2.Jinoyat protsessini ommaviy tortishuv protsessi Surishtiruv, dastlabki tergov va ishlarni sudda ko'rish vaqtida protsessual qonun hujjatlarining me'yorlariga og'ishmay rioya etish huquq-tartibotni, jamiyatimiz manfaatlarini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlashning zarur sharti hamda vositasi bo'lib xizmat qiladi. Faqat protsessual me'yorlarning talablariga qattiq rioya etish orqali ish bo'yicha asl haqiqatning aniqlanishiga, sudning qonuniy hamda asoslangan hukm, ajrim va qaror chiqarishiga olib kelishi mumkin. Jinoyat-protsessual faoliyat jinoiy sudlov ishtirokchilarining maxsus vazifalariga mos ravishda bir qancha yo'nalishlarga - jinoyat-protsessual funksiyalarga egadir. Har bir yuridik fan singari jinoyat-protsessual huquqining ham o'z vazifalari va bu vazifalardan kelib chiquvchi funksiyalari mavjud. Bu funksiyalarning vazifalari jinoyatlarni tez va to'la ochish, jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi hamda aybi bo'lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etishdan hamda qonunni to'g'ri tatbiq etilishini ta'minlashdan iboratdir. Manbalarda funksiya so'zi (lotincha - functio) muayyan yo'nalish, vazifa va faoliyatni amalga oshirmoq, ishlamoq manosini bildiradi. Shunday ekan, protsessual funksiya - bu jinoyat protsessi subyektlarining muayyan vazifalaridan kelib chiquvchi faoliyat, ish yuritish demakdir. Jinoyat-protsessual funksiyalarga tergov, ayblov, himoya, sudlov yoki ishni hal etish, jamoatchilikning ishtiroki, qo'shimcha va yordamchi funksiyalar kiradi. Umumiy qoidalarga ko'ra bu funksiyalarning birinchisi surishtiruv va dastlabki tergov organlariga, ikkinchisi - prokuraturaga, uchinchisi esa ayblanuvchi va uning himoyachisiga, to'rtinchisi esa sudga, beshinchisi - jamoat tashkilotlari va jamoalarga, oltinchisi - guvoh, ekspert, mutaxassis va tarjimonlarga, ettinchisi esa - fuqaroviy da'vogar va fuqaroviy javobgarga tegishlidir. Ammo bu umumiy qoidadan istisnolar ham mavjud. Masalan, qonunga binoan prokuror ham dastlabki tergov harakatlarini o'tkazishi mumkin, xususiy ayblov bo'yicha jinoyat ishlarida odatda ayblovchi sifatida jabrlanuvchi faoliyat ko'rsatadi; dastlabki tergov vaqtida ishni tugatish uchun asoslar mavjud bulsa, tergovchi ishni tugatib, uni mazmunan hal qilishi mumkin. Jinoyat protsessini ommaviy-tortishuv protsessi deb atashni va sud nazoratini jinoyat protsessining dastlabki tergov bosqichiga ham tatbiq etishni taklif etayotgan olimlar fikriga qo'shilish mumkin. Chunki bu amaliyot barcha rivojlangan xorijiy mamlakatlar qonunchiligida mavjud va o'zini to'la oqlab kelmoqda. Ko'p vaqtlargacha «funksiya» atamasi faqat nazariy atama hisoblanib kelgan. O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan JPKning 25-moddasida «ayblash, himoya qilish va ishni hal qilish vazifalari bir-biridan alohida bajarilib, aynan bir organ yoki aynan bir mansabdor shaxs zimmasiga yuklatilishi mumkin emas»ligi takidlangan. Bu yerda funksiya so'zi ishlatilmagan bo'lsa ham, qonun chiqaruvchi uchta asosiy funksiyani bir biridan ajratilishini ko'rsatgan holda, uni nazarda tutgan. Olimlar tomonidan jinoyat-protsessual funksiyalar deganda ko'pincha protsessual faoliyatning asosiy yo'nalishlari tushunilgan. M.S.Strogovich jinoyat-protsessual funksiyalarga shunday ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.98 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.98 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga