Sudgacha bo'lgan faoliyatda sud nazoratini amalga oshirish turlari obyekti va shakli

Sudgacha bo'lgan faoliyatda sud nazoratini amalga oshirish turlari obyekti va shakli

O'quvchilarga / Huquq
Sudgacha bo'lgan faoliyatda sud nazoratini amalga oshirish turlari obyekti va shakli - rasmi

Material tavsifi

Sudgacha bo'lgan faoliyatda sud nazoratini amalga oshirish turlari obyekti va shakli Reja: Jinoyat protsessida sud nazoratining turlari Dastlabki tergovdagi sud nazorati Jinoyat protsessida sud nazoratining quyidagi turlari mavjud: 1) dastlabki tergovdagi sud nazorati; 2) jinoyat ishini sudda ko'rish uchun tayinlashdagi sud nazorati; 3) hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishdagi sud nazorati. Bu nazorat turlari, yuqorida takidlaganimizdek, jinoyat protsessining deyarli barcha bosqichlarini o'z ichiga oladi. Jinoyat ishini qo'zg'atish va hukm, ajrim, qarorlarni ijro etish bosqichlari bundan mustasno. Dastlabki tergovdagi sud nazorati va uni amalga oshirish turlari haqida yuridik adabiyotlarda xilma-xil fikrlar mavjud. Masalan, N.A.Lopatkina dastlabki tergovda sud nazoratining uchta turi mavjudligi haqida so'z yuritadi: 1) ayrim protsessual choralarni tanlash hamda protsessual harakatlarni amalga oshirishni hal qilish; 2) ayrim tergov harakatlarini qonuniy, asoslantirilgan tarzda o'tkazilishini ta'minlash; 3) surishtiruvchi, tergovchi va prokurorning qarorlari va harakatlari (harakatsizliklari) ustidan tushgan shikoyatlarni ko'rib chiqish. A.F.Fokov dastlabki tergovda inson haq-huquqlari, shaxsiy daxlsizlik, shaxs erkinligi, shaxsiy hayoti va oilaviy sirlari bilan bog'liq bo'lgan masalalar, turar-joy, yozishmalar daxlsizligi, telefon va boshqa so'zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarini sir saqlanishi ta'minlanishi kerak. Aks holda protsess ishtirokchilari tergov organlari mansabdor shaxslarining hujjatlari va qarorlari ustidan shikoyat qiladilar, - deydi va bu holatni sud nazoratining turi deb hisoblaydi. N.N.Kovtun ham dastlabki tergovda uch turdagi sud nazorati mavjudligi haqida fikr bildiradi: 1) jinoyat protsessi ishtirokchilarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari bilan bog'liq bo'lgan protsessual majburlov choralarining qonuniyligi va asoslantirilganligini ta'minlash ustidan nazorat; 2) fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini daxlsizligi bilan bog'liq bo'lgan tergov harakatlarini o'tkazishning qonuniyligi va asoslanganligi ustidan nazorat; 3) fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va manfaatlarini cheklash bilan bog'liq qonunga xilof harakatlar (harakatsizliklar) va protsessual hujjatlar ustidan sudga shikoyat qilish, shu bilan sud orqali himoyalanish huquqini amalga oshirish. V.A.Yablokov sud nazoratini quyidagi mezonlarga ko'ra tasniflash zarur deb keng manodagi sud nazorati turlarini bayon qiladi: 1) qarorlarni ijro etish va ularni ustidan nazorat qilishning xronologik tartibiga ko'ra dastlabki va davomli bo'lishiga; 2) chegaralangan konstitutsiyaviy huquq bilan bog'liq masalalarni sud tomonidan tekshirishda - shaxs daxlsizligi, turar joy daxlsizligiga oid masalalar; 3) nazorat ostidagi aktlarga ko'ra - harakat va qarorlar; 4) bajarilishi majburiy bo'lgan alomatiga ko'ra - sanksiya berish, shikoyatlarni ko'rib hal qilish; 5) qayta ko'rib chiqish imkoniyatiga ko'ra - bir marta ko'rish, muttasil ko'rish; 6) bosqich bilan bog'liqligiga ko'ra - jinoyat ishini qo'zg'atishda va dastlabki tergovda; 7) hujjat va qarorlarni tekshirish turiga ko'ra - qamoqqa olish, jinoyat ishini qo'zg'atishni rad etish jinoyat ishini tugatish va hoka'zolar. Bu fikrlardan O.V.Ximicheva va L.N.Maslennikovalarning fikriga qo'shilish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.46 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.46 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga