Sudlanganlik

Sudlanganlik

O'quvchilarga / Huquq
Sudlanganlik - rasmi

Material tavsifi

Sudlanganlik Reja: 1.Sudlanganlik tushunchasi va uning huquqiy ahamiyati 2.Sudlanganlik holatining tugallanishi 3. Sudlanganlikni olib tashlash 4. Sudlanganlik holatining tugallanishi yoki sudlanganlikni olib tashlash muddatlarini hisoblash Sudlanganlik tushunchasi va uning huquqiy ahamiyati. Jinoyat huquqida sudlanganlik deganda, sodir qilgan jinoyati uchun shaxsga sud tomonidan jinoyat qonunida belgilangan biror jazoning tayinlanishi tushuniladi. Sudlanganlik - bu sud tomonidan aybdor deb topilgan va aniq bir jazo chorasi qo'llanilgan shaxsning huquqiy holatidir.[150] Sudlanganlik shaxsni sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinganligidan kelib chiqadigan huquqiy holatdir. Shaxsni hukm qilish deganda, shaxsning qilmishida jinoyat tarkibining barcha elementlari mavjud bo'lgan aniq jinoyatni sodir etishda aybdor deb topish, shuniningdek, bu shaxsga nisbatan muayyan turdagi va miqdordagi yoki muddatdagi jazoning tayinlanishi tushuniladi. Jazoning turi va miqdori yoki muddati shaxsni sudlangan deb topish va hisoblash uchun ahamiyatga ega emas, lekin, bu sudlanganlikning tugallanishi yoki olib tashlanishiga ta'sir qiladi. Demak, sud tomonidan ayblov hukmining chiqarilishi sudlanganlik holatini keltirib chiqaruvchi asos hisoblanadi. Ayblov hukmi jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan va jinoiy jazoga hukm etilgan shaxsning alohida huquqiy holatini belgilovchi sudlanganlikni vujudga keltiradi va u bekor qilungunga qadar (olib tashlash yoki tugashi) davom etadi. Sudlanganlikning bekor qilinishi bilan sudlanganlikning barcha huquqiy oqibatlari ham bekor bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 77-moddasiga ko'ra, sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan keyin kelib chiqadigan huquqiy holatdir. Ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganidan boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi. Shuningdek,, shaxs jazoni o'tagan, ammo qonunni o'zgarishi bilan bunday qilmish jinoyat deb hisoblanmaydigan taqdirda yoki sodir qilingan jinoyat uchun tayinlangan jazoni o'tab bo'linishi bilan sudlanganlik holatining tugallanishi belgilangan bo'lsa, shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi. Shaxs ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgandan boshlab sudlangan hisoblanadi. U ayblov hukmi bilan biror-bir jinoyatni sodir etganligi bois sud tomonidan hukm qilinadi. Shunday qilib jazoni o'tash davrida va uni o'tab bo'lgandan keyin ham qonunda aniq belgilangan muddat davomida shaxs sudlangan hisoblanadi. Sud hukmi bilan jazodan ozod qilingan shaxs esa sudlangan hisoblanmaydi. Jinoyat kodesi 77-moddasi 3-qismida sudlanganlik ushbu kodeksda nazarda tutilgan hollarda va shaxs yangi jinoyat sodir etgandagina huquqiy ahamiyatga ega ekanligi ko'rsatilgan. Sudlanganlikning huquqiy ahamiyati sudlanganlikning mazmunini tashkil etadigan huquqiy oqibatlar bilan belgilanadi. Sudlanganlik fuqarolik-huquqiy, ma'muriy-huquqiy va jinoiy huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Sudlanganlik holatining fuqarolik-huquqiy oqibatlari: birinchidan, shaxs rasmiy hujjatlarni to'ldirganida sudlanganligi haqida yozib qo'yishga majbur bo'ladi; ikkinchidan, sudlanganlik holati shaxsning turar joy erkinligini chegaralash uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin; uchinchidan, shaxsning sudlanganligi uning muayyan faoliyat turi bilan shug'ullanishiga (advokatlik faoliyati) yoki huquqni muhofaza qilish organlarida ayrim mansablarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.24 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.24 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga