Sudlanuvchini yuqori instansiya sudida ishtiroki hamda nazorat tartibi

Sudlanuvchini yuqori instansiya sudida ishtiroki hamda nazorat tartibi

O'quvchilarga / Huquq
Sudlanuvchini yuqori instansiya sudida ishtiroki hamda nazorat tartibi - rasmi

Material tavsifi

Sudlanuvchini yuqori instansiya sudida ishtiroki hamda nazorat tartibi Reja: Sudlanuvchini yuqori instansiya sudida ishtiroki hamda nazorat tartibida shikoyat qilishda taraflar tengligi ta'minlanishi zarur O'zbekiston Respublikasi JPKning talablariga asosan apellyatsiya va kassatsiya tartibida ish ko'rilishi Sudlanuvchini yuqori instansiya sudida ishtiroki hamda nazorat tartibida shikoyat qilishda taraflar tengligi ta'minlanishi zarur Mamlakatimizda olib borilayotgan sud-huquq islohotining navbatdagi bosqichi vazifalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining VI sessiyasida so'zlagan nutqida aniq ifodalab berilgan: «Fuqarolarning qonuniy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sudlarning va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining faoliyatida asosiy mazmunga aylanmog'i kerak. Sud jazolovchi organdan oddiy odamlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylanib, haqiqatan ham mustaqil bo'lib qolishi lozim. Shuningdek, sud muhokamasi chog'ida ayblov bilan himoyaning teng huquqliligini ta'minlash zarurligi haqidagi talablari haqida juda ko'p aytib o'tilmoqda. Darhaqiqat, sudlarning tom manodagi to'liq mustaqil bo'lib, odilona qaror qabul qilishiga ta'sir etuvchi har qanday qusurliklarni bartaraf etilishi, buning uchun esa, qabul qilingan qonunlarning kundalik turmushimizda amalga oshishini taminlovchi ta'sirchan mexanizm yaratish lozim. Apellyatsiya va kassatsiya tartibida ish ko'rilishida sudlanuvchilarning, ayniqsa ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan sudlanuvchilarga tegishli bo'lgan jinoyat ishini ko'rilishida ishtirok etishi fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro konvensiya materiallarida belgilangan huquq va erkinliklarini ta'minlanishining bir turi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi JPKning talablariga asosan apellyatsiya va kassatsiya tartibida ish ko'rilishi O'zbekiston Respublikasi JPKning talablariga asosan apellyatsiya va kassatsiya tartibida ish ko'rilishida sudlanuvchilarning ishtirokisiz ham amalga oshirilishi, jabrlanuvchilarning ham ishtirokisiz amalga oshirilishi mumkinligi, taraflarning ariza yani, shikoyat bergan bermaganligidan qatiy nazar ishda ishtirok etishining ta'minlanishi qonun bilan shart emasligi protsess ishtirokchilarining huquq va erkinliklarini poymol etadi. Natijada sudlanuvchilar va ularning himoyachilari apellyatsiya va kassatsiya tartibida ochiq sud majlisida o'z huquqlari va manfaatlari uchun tortishuvchilik tamoyili ila kurasha olmaydilar. Bu O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan o'ziga tegishli jinoyat ishini ochiq sud majlisida ko'rib muhokama qilinishi kabi huquqini realizatsiya qilinishiga to'sqinlik qiladi. Yani, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida Sudda ayblanayotgan shaxsga o'zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlab beriladi , 43-moddasida esa, Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi deyilgan talab bo'yicha yuqori instansiya sudlarida jinoyat ishlari ko'rilishida sudlanuvchi va uning himoyachisining ishtiroki ta'minlanishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual qonunchiligi ham albatta, Asosiy Qonunimizning ushbu talabini ta'minlashi zarur. Qolaversa, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxslarning apellyatsiya va kassatsiya tartibida ishda qatnasha olmasligi esa, ishni umuman odilona va adolatli ko'rilgan, demokratik tarzda hal bo'lganligiga shubha tug'diradi. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxslarning nafaqat ozodlikdan mahrum bo'lishi va bemalol harakatlanish huquqini cheklanishiga balkim, boshqa shaxslar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.16 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.16 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga