Sudlar tomonidan alohida tartibda ko'riladigan ishlarnining ko'rilishida protsessual xususiyatlar

Sudlar tomonidan alohida tartibda ko'riladigan ishlarnining ko'rilishida protsessual xususiyatlar

O'quvchilarga / Huquq
Sudlar tomonidan alohida tartibda ko'riladigan ishlarnining ko'rilishida protsessual xususiyatlar - rasmi

Material tavsifi

Sudlar tomonidan alohida tartibda ko'riladigan ishlarnining ko'rilishida protsessual xususiyatlar Reja: Kirish 1-BOB. VOYaGA yetmaganLARNING JINOYaTLARI HAQIDAGI IShLARNI YuRITISh TARTIBI 2-BOB.TIBBIY Yo'SINDAGI MAJBURLOV ChORALARINI QO'LLASh TO'G'RISIDAGI MASALALARNI KO'RISh TARTIBI 3-BOB.YaRAShUV TO'G'RISIDAGI IShLAR BO'YIChA ISh YuRITISh 4-BOB.IShNI SUDGA QADAR YuRITISh BOSQIChIDA AMNISTIYa AKTINI QO'LLASh Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Kirish O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligini qo'lga kiritgandan so'ng davlatimizning har bir sohasida izchil islohotlar amalga oshirila boshlandi. Mamlakatimizda islohatlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni qatiyatlik bilan olib borilganligi tufayli, bozor iqtisodiyoti tizimini barpo etish, huquqiy-demokratik davlatning ijtimoiy munasobatlarini shakllantirish yo'lida jiddiy yutuqlarga erishildi. Mustaqil O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov XXI asrning dastlabki yillarida «mamlakatimizning rivojlanish strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada liberallashtirishdir» deb ko'rsatib o'tdi. Huquqiy davlat va demokratik jamiyat qurish O'zbekiston Respublikasida inson huquqlarini himoya qilishga yo'naltirilgan xalqaro huquq normalariga oid va xalqimizning boy tarixiy meroslarini, urfodatlarini hisobga olish asosida amalga oshirilayotgan asosiy maqsad bo'lib hisoblanadi. Huquqiy-demokratik jamiyatning asosiy mezonlaridan biri, bu jamoat axloq qoydalarini saqlash va ijtimoiy muhitda fuqarolarning tinch-totuv va erkin yashashini, jamiyatda xavfsizlik va barqarorlik shartlarini saqlashdan iborat bo'lib hisoblanadi. «Davlat va jamiyat qurilishi va boshqaruvining barcha bo'g'inlarida, deb takidlab o'tgandi yurtboshimiz I.A.Karimov, qabul qilingan qonun va me'yoriy hujjatlarning so'zsiz bajarilishini taminlovchi tizimni yaratish uchun zarur chora-tadbirlarni ko'rishimiz lozim». Qonun ustuvorligini ta'minlash esa, jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatini kuchaytirishdan boshlanadi. Hozirgi kunda davlat hokimiyati barcha bo'g'inlarini asosiy etibori jinoyatni aniqlash, cheklash, oldini olish, ochish, ularni sodir etgan shaxslarga nisbatan qonun bilan belgilangan ta'sir choralarini qo'llash hamda huquqbuzarliklarga qarshi kurashni takomillashtirish yo'llarini izlashga qaratilgan. «Qonunchilik va huquq tartibot tantana qilmas ekan, huquqiy davlat qurishni tasavvur qilib bo'lmaydi». Ishlab chiqilgan barcha qonunlar - Konstitutsiyaga, Konstitutsiyamiz esa xalq manfaati, jamiyat manfaatlariga to'la mos keladi. §.1. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish tartibi Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish tartibi murakkabprotsessual xususiyatga ishlardan hisoblanadi. zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 547-moddasida voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish tartibi keltirib o'tilgan. Mazkur moddaga asosan Jinoyat qilgunga qadar o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish tartibi umumiy qoidalar, shuningdek, ushbu Kodeksning 548-564-moddalari asosida belgilanadi. Voyaga yetmaganlar qonundagi fuqarolik layoqatini to'la amalga oshirish yoshiga yetmagan, yani Konstitutsiya va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan o'zining huquq, erkinlik va yuridik majburiyatlarini to'la hajmda amalga oshira olmaydigan shaxslardir. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish tartibi mazkur shaxslarning yoshi hamda huquqiy maqomini etiborga olgan holda amalga oshiriladi. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni ko'rishda ish bo'yicha isbotlanishi lozim bo'lgan holatlarni sinchkovlik bilan har tomonlama to'la va xolisona tekshirib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 84.27 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 84.27 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga