Sudlarda fuqarolik ishlari ko'rilishida prokuror ishtirokining maqsadi, vazifasi va huquqiy asoslari

Sudlarda fuqarolik ishlari ko'rilishida prokuror ishtirokining maqsadi, vazifasi va huquqiy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Sudlarda fuqarolik ishlari ko'rilishida prokuror ishtirokining maqsadi, vazifasi va huquqiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Sudlarda fuqarolik ishlari ko'rilishida prokuror ishtirokining maqsadi, vazifasi va huquqiy asoslari Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, siyosiy va sud-huquq islohotlari sharoitida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlari va erkinliklarining ustivorligi, qonunlarning ustunligi, huquq va odil sudlovni to'g'ri amalga oshirishga qaratilgan qoidalar o'z ifodasini topgan bo'lib, uning 44-moddasida har bir shaxsga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqining kafolatlanishi alohida huquqiy me'yor sifatida va sud hokimiyatining boshqa davlat organlaridan ustunligi belgilangan. Prezident I.Karimov inson va davlat o'rtasidagi munosabatlarda inson manfaatlari ustivor bo'lishi kerakligi, davlat va davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari o'z faoliyatini inson huquqlarini himoya qilish va qo'riqlash ishiga safarbar qilgandagina o'z vazifasini to'g'ri ado etajagini, fuqarolarning manfaatlari va huquqlarini sud orqali himoya qilish sohasini mumkin qadar kengaytirish darkorligi, ayrim tarmoq qonunlarida huquqlari paymol etilgan fuqarolarning shikoyatlarini sudlov yo'li bilan emas, ma'muriy yo'l bilan ko'rib chiqish tartibi uchrab turishligi, bu hol Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga va bizning Konstitutsiyamiz talablariga zidligi, fuqaro, agar uning qonuniy manfaatlari va haq-huquqlari poymol etilgan taqdirda, har qanday masala bo'yicha himoya uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega bo'lmog'i darkor, deb ko'rsatishi sud hokimiyatiga nisbatan bo'lgan munosabatni o'zgartirish lozimligidan dalolat beradi Sud manfaatdor shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish bilan odil sudlovni amalga oshiradi, uning odil sudlovga qaratilgan faoliyatini fuqarolik sud ishlarini yuritish to'g'risidagi qonunlarga moslagan holda, sudga taalluqli bo'lgan fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan da'vo talablariga oid ishlarni, nizosiz bo'lgan alohida tartibda ko'riladigan ishlarni hamda davlat idoralari, boshqa idoralar, shuningdek, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan ariza va shikoyatlarni ko'rish to'g'risidagi ishlar bo'yicha qonuniy asoslantirilgan, adolatli hal qiluv qarori chiqarish bilan amalga oshiriladi. Fuqarolik sud yuritishining maqsad va vazifalari protsess ishtirokchilarining buzilgan moddiy va protsessual huquqlarini himoya qilish va shu bilan fuqarolarni qonunlar, huquqiy me'yorlarning bajarilishiga ongli munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalashni nazarda tutadi. Sudning odil sudlovni amalga oshirishga qaratilgan faoliyati, ko'rilishi lozim bo'lgan masalani to'g'ri hal qilish uchun manfaatdor shaxslarga qonunda ko'rsatilgan protsessual harakatlarni tatbiq etish bilan g'ayriqonuniy harakat qilgan tarafga nisbatan davlatning majburlash kuchini qo'llash va tegishli fuqarolik ishlarining yechimini topish muammolari tushuniladi. Qonunda belgilanganidek, fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari sud yo'li bilan samarali himoya qilinishini ta'minlash maqsadida barcha instansiya sudlarida ishlar ko'rilayotganda prokuror qonunda belgilangan tartibda ishtirok etadi. Prokurorlarning bu faoliyati prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi Fuqarolar, korxonalar, muassasalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.86 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.86 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga