Sudlarda fuqarolik ishlari va xo'jalik nizolarini ko'rib chiqishda prokuror vakolatlari

Sudlarda fuqarolik ishlari va xo'jalik nizolarini ko'rib chiqishda prokuror vakolatlari

O'quvchilarga / Huquq
Sudlarda fuqarolik ishlari va xo'jalik nizolarini ko'rib chiqishda prokuror vakolatlari - rasmi

Material tavsifi

Sudlarda fuqarolik ishlari va xo'jalik nizolarini ko'rib chiqishda prokuror vakolatlari Reja: Sudlarda fuqarolik ishlarini ko'rib chiqishda prokuror vakolatini ta'minlash. Fuqarolik protsessida prokuror vakolati. Prokurorning fuqarolik ishlarini yuritishning apellyatsiya bosqichida ishtirok etishi asoslari. Xo'jalik sudlarida ishlarini ko'rib chiqishda prokurorning protsessual holati. Sudlarda fuqarolik ishlarini ko'rib chiqishda prokuror vakolatini ta'minlash. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida umumiy yurisdiksiya sudlari ixtisoslashtirilib, fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha sudlar tashkil etildi. Bu o'z navbatida ularning jinoyat va fuqarolik ishlarini malakali asosda ko'rib chiqish, inson huquq va erkinliklarini to'la va har tomonlama himoya qilish bo'yicha faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Fuqarolarning sud orqali himoyalanish kafolatlari jiddiy tarzda kuchaytirildi, ushbu kafolatdan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishni ta'minlash bo'yicha katta ko'lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirildi. Aynan ushbu davrda kassatsiya instansiyasi isloh qilinib, sud ishlarini qayta ko'rishning appelyatsiya tartibi joriy etilgani ham muhim yangilik bo'ldi. Mazkur o'zgarishlarga muvofiq endilikda appelyatsiya instansiyasi ishni yangidan ko'rib chiqishga yubormasdan, uni o'zi to'la hajmda ko'rib chiqishi mumkin. Prokuror yoki uning o'rinbosari davlat boshqaruv organlari yoki mansabdor shaxslari tomonidan, qonunda ko'rsatilgan vakolati doirasida bo'lsa, ular tomonidan qabul qilingan aktni g'ayrihuquqiy deb topish to'g'risida umumiy yuridiksiyadagi sudga yoki xo'jalik sudiga murojaat etish vakolatiga ega. Sud prokuraturaning dastlabki tergovda jinoyatni ochishdagi qo'llagan protsessual choralarini qonuniyligini nazorat qilsa, prokuratura bo'lsa sud qarorlarining qonuniyligini ularga nisbatan yuqori turuvchi sudga protest keltirish yo'li bilan nazorat qiladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan prokuraturaning o'zaro munosabati Prokuratura to'g'risidagi qonunning 13-moddasida ko'rsatilgan. Bunga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etishi, uning ko'rib chiqishi uchun masalalar kiritishi va ko'rilayotgan masala yuzasidan fikr bildirishi mumkin. Umumiy yurisdiksiyali va xo'jalik sudlarida prokurorning roli bir tomondan u sud muhokamasining subyekti bilib ko'rinsa, boshqa bir tomondan sud qarorlariga nisbatan bir qancha nazorat funksiyalarini amalga oshiruvchi bo'lib namoyon bo'ladi. Umumiy yurisdiksiya sudlari ixtisoslashtirilib, fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha sudlar tashkil etildi. Bu o'z navbatida ularning jinoyat va fuqarolk ishlarini malakali asosda ko'rib chiqish, inson huquq va erkinliklarini o'la va har tomonlama himoya qilish bo'yicha faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Jinoyat ishlarining sud muhokamasida prokurorning roli muhimroqdir. U o'ziga berilgan protsessual huquq, davlat ayblovini qo'llab-quvatlashni amalga oshiradi. Fuqarolik ishlarida FPKning 46-moddasi va Prokuratura to'g'risidagi qonunning 26-moddasiga ko'ra, prokuror boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega. Da'voni prokuror taqdim etadi va sudda quvvatlaydi. FPK ga muvofiq fuqaroni bedarak yo'qolgan deb topish yoki fuqaroni o'lgan deb e'lon qilish, fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish to'g'risidagi ishlarda prokurorning qatnashishi shart. Sud ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.5 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.5 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga