Sudlarda fuqarolik ishlarini va xo'jalik nizolarini ko'rib chiqishda prokuror vakolatlari Reja: 1.Sudlarda fuqarolik ishlarini ko'rib chiqishda prokuror vakolatini ta'minlash. 2.Fuqarolik protsessida prokuror vakolati. Sudlarda fuqarolik ishlarini ko'rib chiqishda prokuror vakolatini ta'minlash. Prokuror yoki uning o'rinbosari davlat boshqaruv organlari yoki mansabdor shaxslari tomonidan, qonunda ko'rsatilgan vakolati doirasida bo'lsa, ular tomonidan qabul qilingan aktni g'ayrihuquqiy deb topish to'g'risida umumiy yuridiksiyadagi sudga yoki xo'jalik sudiga murojaat etish vakolatiga ega. Sud prokuraturaning dastlabki tergovda jinoyatni ochishdagi qo'llagan protsessual choralarini qonuniyligini nazorat qilsa, prokuratura bo'lsa sud qarorlarining qonuniyligini ularga nisbatan yuqori turuvchi sudga protest keltirish yo'li bilan nazorat qiladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan prokuraturaning o'zaro munosabati Prokuratura to'g'risidagi qonunning 13-moddasida ko'rsatilgan. Bunga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etishi, uning ko'rib chiqishi uchun masalalar kiritishi va ko'rilayotgan masala yuzasidan fikr bildirishi mumkin. Umumiy yurisdiksiyali va xo'jalik sudlarida prokurorning roli bir tomondan u sud muhokamasining subyekti bilib ko'rinsa, boshqa bir tomondan sud qarorlariga nisbatan bir qancha nazorat funksiyalarini amalga oshiruvchi bo'lib namoyon bo'ladi. Jinoyat ishlarining sud muhokamasida prokurorning roli muhimroqdir. U o'ziga berilgan protsessual huquq, davlat ayblovini qo'llab-quvatlashni amalga oshiradi. Fuqarolik ishlarida FPKning 46-moddasi va Prokuratura to'g'risidagi qonunning 26-moddasiga ko'ra, prokuror boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega. Davoni prokuror taqdim etadi va sudda quvvatlaydi. FPK ga muvofiq fuqaroni bedarak yo'qolgan deb topish yoki fuqaroni o'lgan deb elon qilish, fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish to'g'risidagi ishlarda prokurorning qatnashishi shart. Sud tomonidan g'ayriqonuniy va asossiz qarorlar chiqarilganda prokuratura organlari fuqarolarning buzilgan huquqini tiklashda muhim rol o'ynashi mumkin. O'zbekiston qonunchiligi prokuraturaga sudlarda ishlarni ko'rishda katta vakolatlar bergan. Prokuror o'z vakolatlari doirasida noqonuniy va asossiz qarori (hukm, ajrim, hal qiluv qarori) ustidan yuqori turuvchi sudga appelyatsiya yoki tartibida protest keltirishi mumkin. Bundan tashqari, prokuror o'z vakolatlari doirasida sudning xukmi, hal qiluvchi qarori, ajrimi va qarori qonuniy kuchga kirgan har qanday ishni suddan talab qilib olish huquqiga ega. Agar bu aktlarning g'ayriqonuniy va asossizligini prokuror aniqlasa, nazorat tartibida protest keltiradi yoki protest keltirish vakolati doirasidan chetga chiqib ketadigan hollarda u protest keltirish to'g'risidagi taqdimnoma bilan yuqori turuvchi prokurorga murojaat etadi. Fuqarolik protsessida prokuror vakolati. Fuqarolik protsessida prokurorning vakolatlari ifodasini topgan huquqiy normalar qonunchilikni mustahkamlash, ijtimoiy hayotda qonun ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan. Fuqarolik protsessida qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi bo'yicha prokuror vakolatini amalga oshirish vazifasi prokuratura idoralari tizimida quyi pog'onadagi prokurorlarning yuqori pog'onadagi prokurorlarga bo'ysinish tartibining o'rnatilishi bilan, davlat hokimiyati hamda davlat boshqaruv ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.95 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.95 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:02 ]
Arxiv ichida: doc