Sudlarda ishlarni ko'rishda prokurorning vakolatlarini ta'minlash bo'yicha ishlarni tashkil etish

Sudlarda ishlarni ko'rishda prokurorning vakolatlarini ta'minlash bo'yicha ishlarni tashkil etish

O'quvchilarga / Huquq
Sudlarda ishlarni ko'rishda prokurorning vakolatlarini ta'minlash bo'yicha ishlarni tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Sudlarda ishlarni ko'rishda prokurorning vakolatlarini ta'minlash bo'yicha ishlarni tashkil etish Reja: Sudlarda jinoyat ishlarini ko'rilishida yo'l qo'yilgan xatolarni bartaraf qilishga yordam beradigan huquqiy normativ aktlar Nazorat tartibida ish yuritishda prokuror ishtiroki Sudlarda ishlarni ko'rishda prokurorning vakolatlarini ta'minlash bo'yicha ishlarni tashkil etish O'zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgust kuni qabul qilinib, 27 oktyabr kuni matbuotda elon qilinib, kuchga kirgan va hozirda amalda bo'lgan Prokuratura to'g'risidagi qonunining (yangi tahriri) 33-moddasida sudlarda jinoyat ishlarini ko'rilishida prokuror ishtirok etishi shart qilib qo'yilgan.Unda ko'rsatilishicha, « Fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo'li bilan samarali himoya qilinishini ta'minlash maqsadida barcha instansiya sudlarida ishlar ko'rilayotganda prokuror qonunda belgilangan tartibda ishtirok etadi. Prokuror sudlarda jinoyat ishlari ko'rilayotganda davlat ayblovini quvvatlaydi. Prokuror sudda dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, qonunning qo'llanishi xususida o'z fikrini bildiradi. Ishlar sudlarda ko'rilayotganda ishtirok etayotgan prokurorning vakolatlari protsessual qonunlar bilan belgilanadi. Prokuror sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquqlardan foydalanib, sudyalarning mustaqilligi hamda protsessual qonun hujjatlari normalariga qatiy rioya etish prinsipiga amal qilishi shart». Prokurorning vazifasi- jinoyat protsessining barcha bosqichlarida qonun buzilish hollariga nisbatan, bu qonun buzilishlari kim tomonidan sodir qilinishidan qatiy nazar ularni bartaraf qilish uchun qonun bilan belgilangan choralarni o'z vaqtida ko'rish hisoblanadi. Birinchi instansiya sudlarida jinoyat ishlarini ko'rilishida sud muhokamasida ayblovni quvvatlayotgan prokuror esa, har qanday holatda fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan huquq va erkinliklarini muhofaza qilish funksiyasini bajarishi lozim bo'lgan davlat organi prokuratura tomonidan tayinlangan vakil - qonun himoyachisi bo'lib qolishi kerak. Birinchi instansiya sudlarida jinoyat ishlarini ko'rilishida prokuror ishtirokining asosiy maqsadi - ish bo'yicha haqiqatni aniqlash, sodir etilgan jinoyat uchun jazoni muqarrarligini ta'minlash, aybsiz shaxslarni javobgarlikdan ozod qilish va adolat o'rnatishdir. Buning uchun o'z navbatida Huquq tartibot organlarining o'zlari qonunlarga so'zsiz rioya qilishlari lozim. Birinchi instansiya sudlarida jinoyat ishlarini ko'rilishida ishtirok etayotgan prokurorning butun faoliyati qonun va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solingan bo'lishi kerak Sudlarda jinoyat ishlarini ko'rilishida prokuror ishtirokini ta'minlash, O'zbekiston Respublikasining Prokuratura to'g'risidagi qonuni ( yangi tahriri), O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual Kodeksi hamda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2004 yil 23 aprel kungi 12 son buyrug'i bilan tasdiqlangan Sudlarda jinoyat ishlarini ko'rilishida prokuror vakolatini ta'minlash boshqarmasi to'g'risidagi Nizom va 2004 yil 11 may kungi 21 sonli buyrug'i bilan amalga oshiriladi. Ushbu normativ hujjatlar mazmunida sudlarda ishtirok etayotgan prokurorlarning fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish kafolati sifatida ishtirok etishi hamda har qanday holda qonunni ustuvorligini, qonuninng oldida barchani barobarligi, qonunning hukmronligini ta'minlashga xizmat qilish tamoyillari mustahkamlangandir. Sudda ishtirok etadigan prokurordan yuqori kasbiy malakadan tashqari, yuqori huquqiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.24 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.24 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga