Sudlarda jinoyat ishlarini ko'rib chiqishda prokuror vakolatlari Reja: Sudlarda ishlarning ko'rib chiqishda prokuror vakolatlarini belgilovchi umumiy qoidalar. Sudlarda jinoyat ishlarini ko'rib chiqishda prokurorning ishtiroki. Sudlarda jinoyat ishlarini ko'rishda prokuror vakolatlari. Ishlarni sudga oshirish bosqichida prokuror vakolatlari. Ishlarni sudda ko'rish bosqichida prokuror vakolatlari. Birinchi instansiya sudida jinoyat ishlarini ko'rilishida prokuror ishtiroki. Apellyatsiya va kassatsiya tartibida ish yuritishda prokuror ishtiroki. Nazorat tartibida ish yuritishda prokuror ishtiroki. Sudlarda ishlarning ko'rib chiqishda prokuror vakolatlarini belgilovchi umumiy qoidalar. Birinchi instansiya sudlarida jinoyat ishlarini ko'rilishida prokuror ishtirokining asosiy maqsadi - ish bo'yicha haqiqatni aniqlash, sodir etilgan jinoyat uchun jazoni muqarrarligini ta'minlash, aybsiz shaxslarni javobgarlikdan ozod qilish va adolat o'rnatishdir. Buning uchun o'z navbatida Huquq tartibot organlarining o'zlari qonunlarga so'zsiz rioya qilishlari lozim. Birinchi instansiya sudlarida jinoyat ishlarini ko'rilishida ishtirok etayotgan prokurorning butun faoliyati qonun va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solingan bo'lishi kerak. Sudlarda jinoyat ishlarini ko'rilishida prokuror ishtirokini ta'minlash, O'zbekiston Respublikasining Prokuratura to'g'risidagi qonuni (yangi tahriri), O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual Kodeksi hamda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2004 yil 23 aprel kungi 12 son buyrug'i bilan tasdiqlangan Sudlarda jinoyat ishlarini ko'rilishida prokuror vakolatini ta'minlash boshqarmasi to'g'risidagi Nizom va 2004 yil 11 may kungi 21 sonli buyrug'i bilan amalga oshiriladi. Ushbu normativ hujjatlar mazmunida sudlarda ishtirok etayotgan prokurorlarning fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish kafolati sifatida ishtirok etishi hamda har qanday holda qonunni ustuvorligini, qonuninng oldida barchani barobarligi, qonunning hukmronligini ta'minlashga xizmat qilish tamoyillari mustahkamlangandir. Sudda ishtirok etadigan prokurordan yuqori kasbiy malakadan tashqari, yuqori huquqiy ongni mavjudligi, qonunni hurmat qilish, har qanday qonunbuzilish hollariga nisbatan murosasizlik, o'z ishonchiga nisbatan qat'iyatlik va buning uchun kurashish salohiyati, har qanday g'ayriqonuniy tashqi ta'sirlarga berilmaslik va ularga qarshi kurasha olish, o'zi-o'zining harakatlariga tanqidiy qaray olish, haqiqatni aniqlash uchun butun aql-zakovatini ishga sola olish, sudlanuvchiga nisbatan bir tomonlama munosabatda bo'lmaslik, ilgaridan sudlanuvchini aybdorligiga ishonib qolmaslik, insonparvarlik, insonning qadr-qimmatini hurmat qilish, me'yor hissiyoti, kamtarlik, o'zini boshqalardan yuqori qo'yishdan holi bo'lish kabi fazilatlarga ega bo'lishi kerak. Sudlarda jinoyat ishlarini ko'rilishida davlat ayblovi subyektlari doirasi Bosh prokurorning buyrug'i bilan belgilab berilgan. Aniq bir jinoyat ishi bo'yicha davlat ayblovchisi sifatida ma'lum bir prokurorni ishtirok etishiga yo'l qo'yish mumkinligi va imkoniyati bunga faktik va yuridik zamin yaratilgan bo'lsagina amalga oshirilishi mumkin. Faktik zamin - avvalambor, prokurorning tergov va sud muhokamasidagi shart-sharoitlarni, shunga tegishli qonunchilik talablarini, amaliyotni hamda shu boradagi o'ziga xos xususiyatlarni yaxshi bilishi va o'zlashtirganligi, yuqori kasbiy malakani egallaganligida ifodalanadi. Faqat shundagina prokuror muhokama qilinayotgan ish materiallarini chuqur o'rganishi va sudga haqiqatni aniqlashida ko'maklashishi mumkin. Prokurorni ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
60.59 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
60.59 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:02 ]
Arxiv ichida: doc