Sudlov hokimiyatining umumiy tavsifi Reja Sud hokimiyati tushunchasi. Sud hokimiyatining ijtimoiy roli, qonuniylik va adolatni ta'minlanishi. Sud hokimiyatining tuzilishi umumiy yurisdiksiyali, maxsus yurisdiksiya sudlar. Qonundan tashqari holatlarda sudlarning tuzilishining ta'qiqlanishi. Prokuror, tergovchi va sudyalarning huquqiy maqomi. Sudlov hokimiyatning shakllanish usullari: tayinlanish va saylanish. Sudning faqat qonunga bo'ysunishi, sud mustaqilligining kafolatlari. Sud hokimiyatining oliy organlari. Har qanday davlat o'zining huquqiy idoralariga ega: dastlabki tergov va surishtiruv organlari, prokuratura, advokatura, notariat va boshqalar shular jumlasidandir. Ular ichida sud asosiy o'rinni egallaydi. U davlat hokimiyatining asosiy, sudlov tarmog'ini o'zida ifodalaydi. Boshqa huquq organlari bunday vakolatlarga ega emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatdan farqli ravishda sud umum majburiy yurish - turish qoidalarini ishlab chiqmaydi, sud idoralari sud ijrochilariga ega bo'lsada, unga ijro va idora qilish vakolatlari yuklatilmagan. Sud hokimiyati o'zining aniq xarakteriga ega. Sud jamiyatda kelib chiqadigan turli hil mojarolarni (jinoiyishlar, mulkiy da'vo, mehnatga oid nizolar, siyosiy xarakterdagi nizolarni, masalan, siyosiy partiyalarning faoliyatini ta'qiqlanishi, fuqarolarning mansabdor shaxslar ustidan shikoyatlari kabi masalalar), aniq ish va da'volarni ko'rib chiqadi va hal qiladi. Bu ishlar sud mahkamasida qonunga asosan sud jarayoni davomida ko'rib hal qilinadi. Sud hokimiyati faoliyatini amalga oshirishda umumiy asoslarga rioya qilinadi: agar sud qarori, sud jarayoni noto'g'ri bo'lsa, yuqori turuvchi sud organi tomonidan bekor qilinadi va bu ishni qayta ko'rib chiqish uchun shu yoki boshqa sud organiga jo'natadi, lekin albatta boshqa sud kollegiyasiga, ba'zan bu holatda ish yuqori turuvchi sud organlariga ko'rishga qabul qilinishi mumkin, agarda bu sudning vakolatlariga kirgan taqdirda.Bu holatda sud qarori sud mahkamasi tomonidan emas balki sud kollegiyasi tomonidan chiqariladi. Sud jarayonida bundan tashqari boshqa ishlar ham ko'rib hal qilinadi (masalan, korxonaga tegishli mol-mulklarni ro'yxatga olish va h.k). Sud hokimiyati sud mahkasiga emas balki sud nizomiga muvofiq sud jarayonida qatnashadigan sud kollegiyasi (ba'zi bir ishlarda sudyaning o'zi )ga tegishlidir. Sud hay'ati sudyalardan (odatda, uch - besh sudya fuqarolik davolarni ko'raveradi), bitta yoki birnecha sudyalardan 5-6-9-12-24 tagacha sud maslahatchilaridan iborat bo'ladi. Totalitar sotsialichtik davlatlarda sud rotsessida sudya va ikkita halq maslahatchisi, Yevropamamlakatlarida quyida 6-9 ta sud maslahatchilari, sheffenlar yoki assizlar, anglosakson huquq davlatlarida sudya va ikkita maslahatchisi ishtirok etadi. Halq maslahatchilari sud jarayonida sudya bilan bir xil vakolatga ega. Sud maslahatchilari esa, ba'zi bir istisnolarga ko'ra, faqatkina jinoiy ishlar ko'rilayotganda qatnashadi va sudlanuvchini aybdor yoki aybdor emasligini hal qiladi (masalani dalil isbotlar bilan yechadi.) Jazoni sudya tayinlaydi. Sud faoliyatini davlat huquqini ta'minlash shu qatorda unga bo'lgan munosabatni ta'minlashga qaratilgan. Shuning natijasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi ijro etuvchi hokimiyatga ega bo'lmagan vakolatlarga ega bo'lgan. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.32 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.32 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:02 ]
Arxiv ichida: doc