Reja: Shikoyat berish (protest keltirish) institutining mazmuni va ahamiyati Fuqarolik protsessidagi kassatsion shikoyatning xorijiy davlatlarning fuqarolik protsessidagi shikoyatning farqi Shikoyat qilish huquqini amalga oshirish tartibi Kassatsiya (ikkinchi) instansiya sudida shikoyat va protest ko'rish tartibi Kassatsiya instansiya sudining vakolatlari Ikkinchi instansiya sudining ajrimlari Birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan shikoyat berish va protest keltirish Shikoyat berish (protest keltirish) institutining mazmuni va ahamiyati Fuqarolik jarayonining demokratik tamoyillari sud faoliyatida va asosli hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlarning chiqarilishini ta'minlashga qaratilgandir. Fuqarolik sud ishlarida ishtirok etuvchilarning huquqlari faqat birinchi instansiya sudidagina emas, balki ishlarning ikkinchi (kassatsiya) instansiyasiga ko'rilishida ham himoya qilinadi. Binobarin, agar ishning dastlabki sudda ko'rilishida qonun talablariga rioya qilinmagan, ish holatlarining murakkabligi yoki boshqa sabablarga ko'ra holatlarga yo'l qo'yilgan bo'lsa bunday holatlar kassatsiya tartibda ko'rilib, aniqlanishi va tuzatilishi mumkin. Ma'lumki, sudda qabul qilingan qarorlar taraflarning subyektiv huquq va manfaatlariga ta'sir qiladi. Shu sababli ishning ko'rilishi natijasida norozi bo'lgan shaxslar yuqori sudga shikoyat yoki potest bilan murojaat qilib, ishning tekshirilishini iltimos qilishlari mumkin. Yuqori sudlar o'z navbatida birinchi intansiya tariqasida ish ko'rgan sudlarning qabul qilgan qarorlari qanchalik to'g'ri va asosli bo'lganligini tekshirishga majburlar. Sudning qarori qonuniy, asosli va adolatli ekanligi yuzasidan tekshiruv: 1) qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori yuzasidan kassatsiya shikoyati va kassatsiya protesti bo'yicha; 2) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat yoki xususiy protest bo'yicha; 3) qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim va qarorga nisbatan nazorat tartibida protest keltirish haqida berilgan ariza bo'yicha; 4) qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim va qarorni yangidan ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish haqidagi ariza bo'yicha qo'zg'atiladi. Sud qarorlarini tekshirishning yuqorida ko'rsatilgan usullarining har qaysisi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Sud qarorlari ko'pincha kassatsiya tartibda tekshiriladi. FPKning 320-moddasida ko'rsatilganidek, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari, shuningdek, rayon (shahar) sudlarining saylovchilar ro'yxatidagi noto'g'riliklar haqida berilgan shikoyat yuzasidan chiqargan hal qiluv qarorlari va ma'muriy tartibda O'zbekiston Respublikasidagi hamma sudlarning hal qiluv qarorlari ustidan FPKning 320-moddasida belgilangan muddatda taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kassatsion tartibda shikoyat berishlari, prokuror protest keltirishi mumkin. Rayon (shahar) sudlari tomonidan ko'riladigan ko'pchilik fuqarolik ishlari yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarorlari, ajrimlari yoki qarorlari ustidan qonunda ko'rsatilgan hollarda shikoyat (protest)lar berilganida, ular albatta tekshiriladi. Ko'rilgan ayrim fuqarolik ishlari bo'yicha kassatsion tartibda shikoyat berilmasa va u qonuniy kuchga kirsa, ular qonunda ko'rsatilgan hollarda nazorat tartibida tekshirlishi va qayta ko'rilishiga qonun yo'l qo'yadi. Yuqori sudlar kassatsiya shikoyat va protestlarni ko'rish bilan birinchi instansiya sudlarining xatolarini tuzatadi va shu bilan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.01 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.01 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:02 ]
Arxiv ichida: doc