Sug'o'rta shartnomasi Reja: Sug'o'rtaning mohiyati va ahamiyati Sug'o'rta tashkilotlarining fuqarolik huquqiy maqomi Sug'o'rta shartnomasi Sug'o'rtaning mohiyati va ahamiyati. Hozirgi murakkab kunda hayot tasodiflarga to'ladir. Inson turli xil tasodiflarning tabiiy ofat, bosqinchilik qurboni bo'lishligi, to'satdan betob bo'lishligi, tadbirkor shaxs esa bozor konyunkturasi tufayli daromad ololmaslik holatlaridan xoli emas. Mana shunday salbiy oqibatlarni oldini olish yoki salbiy oqibatlarni imkon qadar kamaytirish maqsadida har bir fuqaroning istagi desak mubolag'a bo'lmaydi. Shuningdek ayrim fuqarolarimiz (o't o'chiruvchilar, qutqaruvchilar, inkassatorlar va boshqa kasb egalari) xavfli zonalarda ishlaydilar. Bunday vaziyatlarda ishga qabul qilingan xodimlarning hayoti, mehnat qobiliyatini sug'o'rta qilish tegishli tashkilot va idoralar o'z zimmalariga oladilar. Ko'pgina fuqarolarimiz o'z keksalik davrlarini ta'minlash maqsadida maxsus ixtisoslashgan tashkilotlarga murojaat etadilarki, ular fuqarolar va tashkilotlardan (sug'o'rta qildiruvchi) bir yo'la yoki vaqti-vaqti bilan sug'o'rta shartnomasiga muvofiq badallarni yig'adilar. Ushbu badallar hisobiga (sug'o'rta mukofoti) sug'o'rtalovchida alohida jamg'arma hosil bo'lib, shartnomada belgilangan hodisa (o'lim, mehnat qobiliyatini yo'qotishi, mulkning nobud bo'lishligi, daromad ololmasligi va boshqalar) ro'y berganidan so'nggina kelishilgan summa sug'o'rta qildiruvchiga yoki u ko'rsatgan shaxsga to'laydi. Respublikamizda sug'o'rta xizmati ko'rsatish bilan bir qatorda, davlat ijtimoiy sug'o'rtasi ham mavjud bo'lib, mustaqillik davriga qadar ular davlat straxovaniyasi (gosstrax) va davlat sotsial straxovaniyasi (sotsstrax) deb yuritilgan. Respublikamizdagi sug'o'rta faoliyatini ijtimoiy sug'o'rta va sug'o'rta xizmatlariga ajratish mumkin. Ijtimoiy sug'o'rta hozirgi kunda ham shu nom bilan yuritilmoqda. Uning o'ziga xos jihati shundaki, mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan barcha fuqarolar davlat yo'li bilan ijtimoiy sug'o'rta qilinadilar. Sug'o'rtada esa, barcha fuqarolar ishlash-ishlamasligidan qati nazar, ixtiyoriy va majburiy sug'o'rta xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Demak, ijtimoiy sug'o'rta subyektlari tuman ijtimoiy ta'minot bo'limlari hamda mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir. Ijtimoiy sug'o'rta va sug'o'rta, obyektlari hamda fondlarning tashkil qilinishi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, sug'o'rtada, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki sug'o'rta obyekti bo'lib hisoblansa, ular ijtimoiy sug'o'rtaning obyekti bo'la olmaydi. Ijtimoiy sug'o'rta va davlat sug'o'rtasi o'zaro fondlarning tashkil qilinishiga ko'ra ham quyidagicha farq qiladi. Masalan, ijtimoiy ta'minot sug'o'rtasida, barcha fuqarolarning ish haqidan bir xil badal olish belgilangan bo'lsa, davlat sug'o'rtasida sug'o'rtalanayotgan obyektning qiymatidan kelib chiqib badal miqdori turlicha belgilanadi va shartnomada belgilangan miqdorda hamda muddatlarda to'lab boriladi. Undan tashqari sug'o'rta shartnomasi malum muddat bilan chegaralangan bo'ladi, ijtimoiy sug'o'rtada esa bunday muddat ko'rsatilmaydi. Fuqarolar ijtimoiy sug'o'rta tadbirlaridan tashqari, qo'shimcha ravishda o'zlarini ixtiyoriy sug'o'rta qilishlari ham mumkin. Masalan, yoshga doir nafaqa nafaqa olishni sug'o'rtalagan shaxs ijtimoiy sug'o'rta bo'yicha belgilangan yoshga doir nafaqasini va unga qo'shimcha ravishda sug'o'rta shartnomasida belgilangan sug'o'rta tovonini (pulni) olishi mumkin. Shvetsiyada pensiya va tibbiy xizmat davlat tomonidan tashkil etilgan bo'lib, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.35 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.35 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:02 ]
Arxiv ichida: doc