Sugo'rtaning huquqiy asoslari Reja: 1. Sugo'rta tushunchasi va uning xususiyatlari 2. Sugo'rta badallari va ularni tulash tartibi. 3. Sugo'rta faoliyatini huquqiy tartibga solish. Byudjetdan tashqari ijtimoiy davlat fondlari manbalaridan biri ijtimoiy sugarta hisoblanadi. Davlat byudjetidan tashqari ijtimoiy fondga sugo'rta to'lovlari deganda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda va miqdorda tegishli fondlarga pul to'lovlarini tulash tushiniladi. Sugo'rta badallarinig o'ziga xos belgilaridan bo'lib kuyidagilar xisblanadi: -sugo'rta badallari davlatning markazlashgan daromodlaridan bo'lib, davlat mulkchiligiga tegishli -ijtimoiy sugo'rta fondlari markazlashtirilgan tartibda vujudga keladi va ishlatiladi. -sugo'rta badallari solikdan tashqari majburiy to'lovlar jumlasiga kiradi. Ushbu fondga tulanishi loziim bo'lgan badallarni o'z vaqtida tulamaslik, yashirib qolish, kamaytirib ko'rsatish ularni majburiy undirib olinishiga sabab bo'ladi Byudjetdan tashqari fondlarga tulanadigan sugo'rta to'lovlari aholini ijtimoiy jihatdan himoyalashda, nafaqalarni o'z vaqtida berilishini ta'minlashda, qo'shimcha ishchi urinlarini joriy etishda katta axmiyatga ega -sugo'rta badallarining maqsadliligi, yani muayyan maqsadlarda olinishi va fakat usha maqsadlar yo'lida foydalanilishi lozimligi -sugo'rta badallarining qaytarilish xususiyatiga ega ekanligi muayyan sharoitlarda sugo'rta badallarini tulagan shaxslar (nafaqa eshiga etganda, kasal bo'lganda va boshqa xollarda) ushbu fond hisobidan moddiy ta'minot olishlari mumkin bo'ladi. Ammo, ijtimoiy sugo'rta badallari qaytarilish xususiyatiga ega ekanligi tulangan badallar summasi bilan uni tulagan shaxsga nafaqa eki boshqa shakllarda qaytariladigan summaga teng bo'lishi shartligini anglatmaydi va bu summalar turlicha bo'ladi. Korxonalar va jismoniy shaxslar tomonidan davlat byudjetidan tashqari fondlarga tulangan sugo'rta badallari shaxsi nomalumlashgan holda umumlashtirilib umuman ijtimoiy maqsadlarda ulardan foydalaniladi. Sugo'rta badallari xech kachon birorta muayyan to'lovchiga bevosita boglangan bo'lishi mumkin emas. Byudjetdan tashqari davlat ijtimoiy fondlariga sugo'rta badallarini hisoblash va tulash tartiblari xar bir fondning bevosita o'zi to'g'risidagi nizomlarga asosan belgilanadi. Sugo'rta badallarini tulash tartibi to'lovchilar doirasini belgilash, pul daromadlari turlari, ta'riflar, pul to'lovlarini o'tkazish mudatlari va tartibi, beriladigan imtiyozlar to'lov qoidadalrini buzganlik uchun javobgarlik choralari kabilarni kuzda tutadi. Barcha byudjetdan tashqari ijtimoiy fondlarga sugo'rta badallarini to'lovchilar bo'lib, ish beruvchilar sanaladi va ular ish xaki fondining qonunda belgilab qo'yilgan kismi miqdorida sugo'rta badallari tulashlari lozim bo'ladi. Sugo'rta badallari hisoblanayotgan paytda amaldagi qonunlarga ko'ra suguirta to'lovlari tulanmaydigan daromadlar hisobidan chikarib tashlanadi. Sugo'rta badallari hisoblanmaydigan daromadlar katoriga foydalanilmagan tatil uchun kompensatsiya, xodimning davolanish joyiga borib kelish yul xarajatlari, maxsus kiyimlar qiymati, ishdan bushash kafolatlari va boshqalar kiritiladi. Jismoniy shaxs, shu jumladan yuridik shaxs tashkil etgan holda tadbirkorlik bilan shugillanayotgan shaxslar, ularning qonun bilan belgilangan daromadlaridan sugo'rta badallari tulashlari lozim bo'ladi. Byudjetdan tashqari fondlarga sugo'rta badallari tulash belgilangan miqdor ta'riflarga oid amalga oshiriladi. Jumladan: Ijtimoiy sugo'rta fondiga yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ish xaki ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.05 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.05 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:03 ]
Arxiv ichida: doc