Surishtiruv va tergov organlari tomonidan qonunlarning ijro etilishi

Surishtiruv va tergov organlari tomonidan qonunlarning ijro etilishi

O'quvchilarga / Huquq
Surishtiruv va tergov organlari tomonidan qonunlarning ijro etilishi - rasmi

Material tavsifi

Surishtiruv va tergov organlari tomonidan qonunlarning ijro etilishi Reja: Surishtiruv va tergov organlari tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan prokuror nazoratining mohiyati va vazifalari Jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklari himoyasini ta'minlash yuzasidan prokuror nazorati Surishtiruv va tergov organlari tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan prokuror nazoratining mohiyati va vazifalari Qonunchilikka muvofiq jinoyat ishi, ma'muriy yoki intizomiy javobgarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rishda oxirgi hal qiluvchi qaror sud tomonidan amalga oshirilsa ham, lekin mana shu ishlar yuzasidan adolatli hukm chiqarishda surishtiruv va dastlabki tergov organlari muhim o'rin tutadi. Jinoyat protsessual qonun hujjatlariga muvofiq surishtiruv va dastlabki tergov organlari quyidagi vazifani amalga oshirishadi, yani: fuqarolarning, jamiyat va davlat manfaatlarini, huquq va erkinliklarini jinoiy tajovuzlardan saqlash; fuqarolarni Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalash; jinoyatlarning oldini olish, jinoyat ishi qo'zg'atish va jinoyatni ochish; sudlarga etarli va kerakli bo'lgan dalillarni kiritish, jinoyatchilarni qidirib topish; dastlabki tergovni to'liq va obyektiv olib borish. Surishtiruv va dastlabki tergov organlari o'z faoliyatlarini qonuniylik, odillik, insonparvarlik, demokratizm, fuqarolarning qonun oldida tengligi va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi kabi prinsiplarga asoslanib amalga oshiradi. Har bir tergovchi jinoyat ishlarini tez va to'liq ochishi, jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxslar, albatta, javobgarlikka tortilishlarini va aybi bo'lmagan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinishlari shartligi haqidagi masalalarni hal qilishi kerak. Surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan prokuror nazoratining asosiy maqsadi, mana shu organlar tomonidan olib borilayotgan ishlarning qanchalik qonunga muvofiqligi, tergovning obyektivligi, fuqarolarning konstitutsion huquq va erkinliklarini ta'minlash kabi masalalarni to'g'ri hal qilishdan iboratdir. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, O'zbekiston transport prokurorlari tomonidan, davlat soliq va bojxona qo'mitalari idoralarida surishtiruv ustidan lozim darajada prokuror nazoratini o'rnatishga qaratilgan tashkiliy va amaliy choralar ko'rish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo'lib hisoblanmoqda. Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining jinoyat protsessida fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish va ta'minlashga oid sohaviy buyrug'i ham mavjud bo'lib, quyidagi mazmun va ko'rinishga ega: O'zbekiston RespublikaSI BOSh PROKURORINING BUYRUG'I Jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklari himoyasini ta'minlash yuzasidan prokuror nazoratini tubdan yaxshilash to'g'risida 2005 yil 17 fevral 40-son Toshkent shahri O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash hamda ularni har qanday ko'rinishdagi tajovuzlardan himoya qilish mamlakatimizning huquqiy siyosati negizini tashkil etadi. Respublikamizda izchillik bilan olib borilayotgan sud-huquq islohotlarining bosh maqsadi - umumetirof etilgan qadriyatlarni hurmat qilish hamda inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta'minlashdir. Shu maqsada, O'zbekiston Respublikasi «Prokuratura to'g'risida»gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinganligi, Jinoyat, Jinoyat protsessual kodekslariga muhim o'zgartish va qo'shimchalar kiritilganligi jinoyat protsessida shaxsning huquq va manfaatlarning muhofaza qilish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.4 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.4 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga