Suv fondi va zahira yerlarining huquqiy holati

Suv fondi va zahira yerlarining huquqiy holati

O'quvchilarga / Huquq
Suv fondi va zahira yerlarining huquqiy holati - rasmi

Material tavsifi

Suv fondi va zahira yerlarining huquqiy holati Reja: 1. Suv fondi yerlarining huquqiy holati tushunchasi va umumiy tavsifi. 2. Suv fondi yerlaridan foydalanish tartibi 3. Suv fondi yerlaridan foydalanuvchilarning asosiy huquq va majburiyatlari. 4. Zaxira yerlar va ulardan foydalanishni huquqiy tartibga solish. Mamlakatimiz yer fondi tizimida suv fondi yerlari mustaqil toifani tashkil etadi. Bu toifa yerlar o'z hajmga ko'ra 813,8 ming ga ni tashkil etadi. Suv fondi yerlari ma'nosi O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 77-moddasida o'z ifodasini topgan. Unga ko'ra, suv fondi yerlari deganda davlatning vakolatli organlari tomonidan suv xo'jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan, suv bilan qoplangan, gidrotexnika inshootlari joylashgan, suv obyektlari qir¦oqlari egallagan mintaqalar tushuniladi. Suv fondi yerlarining huquqiy holati O'zbekiston Respublikasining bir qator qonunlarida belgilangan. Bu qonunlar jumlasiga O'zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to'¦risida»gi, «Suv va suvdan foydalanish to'¦risida»gi qonunlarini, Yer kodeksini ko'rsatish mumkin. Ushbu qonunlarda suv fondi yerlarining tushunchasi, ulardan foydalanish va muhofaza etish tartibi hamda shartlari belgilangan. Chunonchi, Yer kodeksining 77-moddasida ko'rsatilishicha, suv fondi yerlariga suv havzalari (daryolar, ko'llar, suv omborlari va shu kabilar), gidrotexnika va boshqa suv xo'jaligi inshootlari egallab turgan, shuningdek suv havzalarining va boshqa suv obyektlarining qir¦oqlari bo'ylab ajratilgan mintaqadagi suv xo'jaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar kiradi. Demak, suv fondi yerlari tarkibini uch qismdan iborat deyish mumkin. Shulardan birinchisi suv bilan qoplangan, ya'ni suv ostida, tubidagi yerlardir. Bularga suv havzalari, ya'ni daryolar, ko'llar, suv omborlari bilan band bo'lgan yerlar kiradi. Aytish mumkinki, suv fondi yerlarining asosiy qismini suv bilan qoplangan yerlar tashkil etadi. Suv bilan qoplangan yerlar deganda yil davomida doimo yoki yilning ko'p qismida suv tagida bo'lgan yerlar tushuniladi. Qisqa vaqt davomida - su¦orishda, yom¦ir vaqtida, daryo toshgan vaqtda suv bilan qoplangan yerlarni biz bu toifaga kiritmaymiz. Suv bilan qoplangan yerlarga yana vaqtinchalik su¦orish kanallari, sho'ri yuviladigan maydonlar, basseynlarni ham kiritish mumkin emas. Ikkinchi qism suv fondi yerlariga gidrotexnika va boshqa suv xo'jaligi inshootlari egallab turgan yerlarni kiritish mumkin. Suv xo'jaligi inshootlari deganda lotoklar, quvurlar, suv xo'jaligiga xizmat qiladigan ma'muriy binolar, tu¦onlar va boshqalar tushuniladi. Ularni joylashtirish uchun, albatta, yer uchastkalari ajratilishi lozim bo'ladi. Ana shu inshootlar egallagan yerlar ham suv fondi yerlarini tashkil etadi. Uchinchi qism suv fondi yerlari jumlasiga suv havzalarining qir¦oqlari bo'ylab ajratib qo'yilgan mintaqalardagi yerlar kiritiladi. Bunga 20 metr kenglikdagi qirg'oq mintaqalari, kemalar uchun ajratilgan mintaqalar hamda muhofaza qilish uchun ajratilgan zonalar kiradi. Davlat suv fondi yerlarining asosiy xo'jalik vazifasi suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish faoliyatiga xizmat qilishdir. Shuning uchun bu yerlarning huquqiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.12 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.12 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga