Suv fondi va zahira erlarining huquqiy holati Reja 1. Suv fondi erlarining huquqiy holati tushunchasi va umumiy tavsifi. 2. Suv fondi erlaridan foydalanish tartibi 3. Suv fondi erlaridan foydalanuvchilarning asosiy huquq va majburiyatlari. 4. Zaxira yerlar va ulardan foydalanishni huquqiy tartibga solish. Mamlakatimiz yer fondi tizimida suv fondi yerlari mustaqil toifani tashkil etadi. Bu toifa yerlar o'z hajmga ko'ra 813,8 ming ga ni tashkil etadi. Suv fondi yerlari manosi O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 77-moddasida o'z ifodasini topgan. Unga ko'ra, suv fondi yerlari deganda davlatning vakolatli organlari tomonidan suv xo'jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan, suv bilan qoplangan, gidrotexnika inshootlari joylashgan, suv obyektlari qir¦oqlari egallagan mintaqalar tushuniladi. Suv fondi erlarining huquqiy holati O'zbekiston Respublikasining bir qator qonunlarida belgilangan. Bu qonunlar jumlasiga O'zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to'¦risida»gi, «Suv va suvdan foydalanish to'¦risida»gi qonunlarini, Yer kodeksini ko'rsatish mumkin. Ushbu qonunlarda suv fondi erlarining tushunchasi, ulardan foydalanish va muhofaza etish tartibi hamda shartlari belgilangan. Chunonchi, Yer kodeksining 77-moddasida ko'rsatilishicha, suv fondi erlariga suv havzalari (daryolar, ko'llar, suv omborlari va shu kabilar), gidrotexnika va boshqa suv xo'jaligi inshootlari egallab turgan, shuningdek suv havzalarining va boshqa suv obyektlarining qir¦oqlari bo'ylab ajratilgan mintaqadagi suv xo'jaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar kiradi. Demak, suv fondi yerlari tarkibini uch qismdan iborat deyish mumkin. Shulardan birinchisi suv bilan qoplangan, yani suv ostida, tubidagi erlardir. Bularga suv havzalari, yani daryolar, ko'llar, suv omborlari bilan band bo'lgan yerlar kiradi. Aytish mumkinki, suv fondi erlarining asosiy qismini suv bilan qoplangan yerlar tashkil etadi. Suv bilan qoplangan yerlar deganda yil davomida doimo yoki yilning ko'p qismida suv tagida bo'lgan yerlar tushuniladi. Qisqa vaqt davomida - su¦orishda, yom¦ir vaqtida, daryo toshgan vaqtda suv bilan qoplangan erlarni biz bu toifaga kiritmaymiz. Suv bilan qoplangan erlarga yana vaqtinchalik su¦orish kanallari, sho'ri yuviladigan maydonlar, basseynlarni ham kiritish mumkin emas. Ikkinchi qism suv fondi erlariga gidrotexnika va boshqa suv xo'jaligi inshootlari egallab turgan erlarni kiritish mumkin. Suv xo'jaligi inshootlari deganda lotoklar, quvurlar, suv xo'jaligiga xizmat qiladigan ma'muriy binolar, tu¦onlar va boshqalar tushuniladi. Ularni joylashtirish uchun, albatta, yer uchastkalari ajratilishi lozim bo'ladi. Ana shu inshootlar egallagan yerlar ham suv fondi erlarini tashkil etadi. Uchinchi qismsuv fondi yerlari jumlasiga suv havzalarining qir¦oqlari bo'ylab ajratib qo'yilgan mintaqalardagi yerlar kiritiladi. Bunga 20 metr kenglikdagi qir¦oq mintaqalari, kemalar uchun ajratilgan mintaqalar hamda muhofaza qilish uchun ajratilgan zonalar kiradi. Davlat suv fondi erlarining asosiy xo'jalik vazifasi suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish faoliyatiga xizmat qilishdir. Shuning uchun bu erlarning huquqiy holati ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.02 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.02 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:03 ]
Arxiv ichida: doc