Suv fondidan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi Reja: 1. Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvining umumiy tavsifi 2. Suv fondidan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi organlari tizimi 3. Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi davlat organlari tomonidan suvni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni tashkil qilishda namoyon bo'ladi va jamiyatda ijtimoiy boshqaruvning tarkibiy qismi hisoblanadi. Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi davlatning ekologik vakolati va ekologik siyosatini amalga oshirishning yo'nalishlaridan biridir. Ushbu boshqaruvni tashkil etish asosida atrof-muhitni yaxshilash, suvlarni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni ta'minlash maqsadlari turadi. Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi orqali davlat suv fondining mulkdori sifatida ulardan foydalanishni tashkil etish maqsadida suvni tasarruf etish huquqini amalga oshiradi. Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi deganda vakolatli davlat organlarining suvdan foydalanish va ularni muhofaza etish bo'yicha ijro etish va farmoyish berish faoliyati tushuniladi. Davlat boshqaruv organlarining ijroiya faoliyati ushbu organlarning ijroiya hokimiyatiga taalluqliligidan kelib chiqib, qonun va davlat organlarining qarorlarini amalga oshirishga qaratilgan. Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi organlarining farmoyish berishi ularning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vakolat doirasidagi yuridik va jismoniy shaxslarga majburiy ko'rsatmalar berish huquqidan kelib chiqadi. Ushbu majburiy ko'rsatmalar ko'p marta qo'llanadigan, yani ular tomonidan qabul qilingan me'yoriy hujjatlarda belgilanadigan yoki bir bor qo'llanadigan, yani malum bir yoki bir necha subyektga taalluqli ko'rsatmalardan iborat bo'ladi. Bir marta qo'llaniladigan majburiy ko'rsatmalarga huquqbuzarlikni to'xtatish, uning oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha nazorat qiluvchi organlarning taqdimnomalarini kiritish mumkin. Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyati suv to'g'risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini ta'minlashga qaratilgan. Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi quyidagi tamoyillarga asoslangan: - boshqarishning qonuniylikka asoslanishi, yani davlat boshqaruv organlarining suv munosabatlarini tartibga solishda faqat qonun hujjatlarida belgilangan vakolat doirasida hamda huquqlari asosida faoliyat yuritishi; tarmoq va hududiy boshqarishni muvofiqlashtirishga, yani suv munosabatlarini tartibga solishda davlat organlarining faoliyati ham hududning rivojlanishini, ham suvdan foydalanishning oqilonaligi va ularni muhofaza etishning ta'minlanishiga qaratiladi. - suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalarini hal qilishda kompleks yondashishga, yani suvdan foydalanishni tashkil etishda ushbu foydalanishning oqilonaligi va atrof muhitni muhofaza etish bilan bir qatorda Respublika xalq xo'jaligi va aholini suv resurslariga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishni ta'minlash; suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda suvdan foydalanish va nazorat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.85 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.85 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:03 ]
Arxiv ichida: doc