Suv huquqi munosabatlari

Suv huquqi munosabatlari

O'quvchilarga / Huquq
Suv huquqi munosabatlari - rasmi

Material tavsifi

Suv huquqi munosabatlari Reja: 1. Suv huquqi munosabatlari tushunchasi, xususiyatlari va tasnifi 2.Suv huquqi munosabatlari mazmuni Hammamizga ma'lumki, tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro ta'sirlar natijasida turli ijtimoiy munosabatlar paydo bo'lib, ular jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma'rifiy ahamiyatga ega ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Ushbu sohadagi ijtimoiy-ekologik munosabatlar o'z navbatida qo'yidagi tarkibiy qismlardan iborat bo'ladi: yerga oid munosabatlar; suv huquqi munosabatlari; yer osti huquqi munosabatlari; o'rmon-huquqi munosabatlari; hayvonot dunyosiga oid ijtimoiy munosabatlar; atmosfera havosiga oid ijtimoiy munosabatlar. Ekologik ahamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar tizimida suv bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlar alohida ahamiyatga ega bo'lib, jamiyatning suvga bo'lgan turli ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Ma'lumki, jamiyat tizimidagi har qanday ijtimoiy munosabat turli doira va shakllarda huquq normalari tomonidan tartibga solinib, suv huquqi munosabatlarini tashkil etadi. Suv huquqi munosabatlari haqida fikr yuritishdan oldin, huquqiy munosabat va uning o'ziga xos xususiyatlari haqida to'xtalib o'tish lozim. Davlat va huquq nazariyasiga asosan, huquqiy munosabat- o'zaro subyektiv huquq va majburiyatlar bilan bog'liq bo'lgan shaxslar (ya'ni huquq sohiblari) o'rtasidagi huquq normalari va muayyan yuridik faktlar asosidagi aloqadir. Huquqiy munosabatlar quyidagi xususiyat va maxsus belgilar bilan tavsiflanadi: huquqiy munosabat-ijtimoiy tusdagi munosabat; huquqiy munosabat-huquq normalarining insonlar xulq-atvoriga ta'siri natijasida vujudga keladigan munosabatlar; huquqiy munosabat-kishilarning o'zaro subyektiv huquqlari va yuridik majburiyatlar vositasidagi aloqalaridir; huquqiy munosabat-irodaviy munosabatdir; huquqiy munosabat-davlat tomonidan qo'riqladanigan munosabatlardir va boshqalar. Ushbu nazariy huquqiy belgilarga asoslangan holda suvlarni mahofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlar paydo bo'ladi va rivojlanadi. Suv huquqiy munosabatlar deb, vakolatli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolar o'rtasida suvlarni muhofaza qilish va suvlardan oqilona foydalanish jarayonida paydo bo'ladigan huquq, majburiyat va huquqiy oqibatlarni yig'indisidir. Boshqa huquqiy munosabatlar singari suvga doir yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasida paydo bo'ladigan subyektiv huquq, majburiyatlar davlat tomonidan himoya qilinadi. Suv huquqiy munosabatlarining mazmun-mohiyati va ularning davlat tomonidan kafolatlanishi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (55-modda) va suv qonunchilik hujjatlarida belgilangan. Xususan, O'zbekiston Respublikasi «Suv va suvdan foydalanish to'g'risida»gi qonunning 1-moddasida ushbu qonunning asosiy vazifasi suvga doir munosabatlarni tartibga solish, aholi va halq xo'jaligi ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanishdan, suvni bulg'anish, ifloslash va kamayib ketishdan saqlashdan, suvning zararli ta'sirini oldini olish va uni bartaraf qilishdan, suv obyektlarining holatini yaxshilashdan, shuningdek suvga doir munosabatlar sohasida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, dehqon xo'jaliklari va fuqarolarning huquqlarini himoya qilishdan iboratdir, deb belgilangan. Suvga doir ijtimoiy munosabatlar o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, boshqa turdagi munosabatlardan qo'yidagi tabiiy va huquqiy jihatlari bilan ajralib turadi: 1. Suv tabiatning ajralmas tarkibiy qismi sifatida tabiiy qonuniyatlar asosida vujudga keladi; 2. Suv resurslarining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 55.59 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 55.59 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga