Suv huquqining predmeti va tizimi Reja: 1. Suv huquqining tushunchasi va predmeti 2. Suv huquqining tamoyillari, usullari va tizimi Suv resurslarining tabiat va jamiyat tizimidagi ijtimoiy munosabatlarda tutgan o'rni beqiyosdir. Chunki, suv resurslari tabiatning ajralmas qismi sifatida yer, yer osti boyliklari, o'simlik va hayvonot dunyosi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, tabiiy qonuniyatlar asosida ekologik tizimning barqaror evolyutsion rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Jamiyatda suv resurslari o'ziga xos muhim o'rin tutib, avvalo insonning hayoti uchun zarur tiriklik manbai, jamiyat hayotida aholining turli ehtiyojlarini qondirish uchun iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma'rifiy sohalarida ham asosiy tabiiy resurs sifatida ahamiyati cheksizdir. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini barcha tarmoqlari, shu jumladan agrosanoat tizimi uchun muhim strategik tabiiy resurs hisoblanadi. Respublikamizda 1,3 mln.ga sug'oriladigan yerlar bo'lib, unda asosiy qishloq xo'jalik mahsulotlari etishtiriladi. O'zbekiston aholisi ichimlik suviga bo'lgan ehtiyojlarining 60 foiz yer osti suvlari orqali qondiriladi. Markaziy Osiyo suv hajmi cheklangan mintaqalardan biri sifatida asosiy suv manbai Amudaryo, Sirdaryo va boshqa daryo, suv havzalaridan iboratdir. Bugungi suvga bo'lgan talab va ehtiyojning oshishi esa, ulardan ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan ravishda oqilona foydalanish, hamda muhofaza etish choralarini ko'rishni talab etadi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng birinchi navbatda tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va ularning tabiiy holatini yaxshilashga qaratilgan muhim chora-tadbirlar belgilangan dastur va rejalar asosida amalga oshirmoqda. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 55-moddasida suv resurslari boshqa tabiiy boyliklarimiz singari umummilliy boylik bo'lib, ulardan faqat oqilona foydalanish zarurligi hamda ularning davlat tomonidan muhofaza qilinishi kabi huquqiy tamoyillari belgilangan bo'lib, hozirgi davrda shakllanib borayotgan suv qonunchiligini rivojlantirishning muhim yo'nalishlarini belgilaydi. Suvga oid qonun hujjatlarining shakllanishi o'z navbatida suv huquqining paydo bo'lishi va rivojlanishi bilan bog'liqdir. Bugungi kunda O'zbekiston huquq tizimida suv huquqi o'z mustaqil o'rniga asos bo'lgan, tobora takomillashib borayotgan huquq sohalaridan hisoblanadi. Shuni alohida takidlash lozimki, jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida suv resurslaridan foydalanish o'z navbatida suvlarning holatini yomonlashishi, hajmining kamayishi kabi salbiy omillarni paydo bo'lishiga olib keladi. Shuning uchun jamiyatning tarixiy turli davrlarida suvdan foydalanish va muhofaza qilishga doir huquqiy chora-tadbirlar joriy etiladi. Ushbu holat o'z navbatida, suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. Suv huquqi suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishni o'rganuvchi fandir. O'z navbatida suv huquqi Respublikamiz huquq tizimida o'z o'rni, salohiyati, mustaqil yo'nalish va o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan huquq sohasi hisoblanadi. Davlat va huquq nazariyasiga asosan mustaqil huquq sohasi sifatida etirof etilayotgan fan birinchidan, malum ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi; ikkinchidan, huquqiy munosabatlarni tartibga solishda ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.98 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.98 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:03 ]
Arxiv ichida: doc