Suv obyektlaridan sanoat maqsadlari va energetika ehtiyojlari uchun foydalanish huquqi

Suv obyektlaridan sanoat maqsadlari va energetika ehtiyojlari uchun foydalanish huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Suv obyektlaridan sanoat maqsadlari va energetika ehtiyojlari uchun foydalanish huquqi - rasmi

Material tavsifi

Suv obyektlaridan sanoat maqsadlari va energetika ehtiyojlari uchun foydalanish huquqi Reja: 1. Suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida foydalanish huquqi 2. Suv obyektlaridan sanoat maqsadalarida foydalanish huquqi 3. Suv obyektlaridan energetika va gidroenergetika sohasida foydalanish huquqi 4. Suv obyektlaridan suv transporti ehtiyojlari uchun foydalanish Suv obyektlaridan turli sohalar va maqsadlar uchun foydalanish, suv resurslariga bo'lgan holatni huquqiy jihatdan ta'minlashni taqozo etadi. Suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida foydalanish alohida iqtisodiy ahamiyatga egadir. Hozirgi vaqtda O'zbekiston Respublikasidagi 140 dan ziyod eng yirik sanoat korxonalarida suv va suv obyektlaridan quyidagi maqsadlarda foydalanildi: kimyoviy va spirt ishlab chiqarish zavodlarini apparatlarini yuvish uchun; suv qand ishlab chiqarish sanoatida turli moddalarni eritib olish uchun; ishlab chiqarish mahsulotlarini ishlash uchun reaktivlarni eritishda, metallarni sulfat va nordon kislotalarda ishlashda; turli agregatlarni qizib yoki erib ketishidan saqlashda ishlatiladi, jumladan metallurgiya sanoatida temir-po'lat eritishida; to'qimachilik fabrikalarida bo'yalgan motalarni yuvish uchun; gaz va gazsimon aralashmalar tarkibidagi moddalarni ajratib olish maqsadlarida; konlar sharoitida qattiq moddalarni ajratib olishda -ko'mir yuvishda, boyitish fabrikalari va hokozolarda; elektrostansiyalar ishini yurg'izish, loyni yuvish uchun va boshqa jarayonlarida keng ishlatiladi. «Suv va suvdan foydalanish to'g'risidagi» gi qonunda «Suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida va energetika sohalari uchun foydalanish,»-deb nomlangan XIV bob mavjud bo'lib, uning 56-moddasida, suv obyektlaridan sanoat maqsadlari yo'lida va issiqlik energetikasi ehtiyojlari uchun foydalanuvchilarning vazifalari aniq ko'rsatilagan. Unga asosan suv oektlaridan sanoat maqsadlari va issiqlik energetikasi ehtiyojlari uchun foydalanuvchilar belgilangan limitlarga, suvdan foydalanish texnologiya me'yorlari va qoidalariga rioya etishlari, shuningdek ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish yo'li bilan suv sarfini kamaytirish va oqindi suvlarning oqizib yuborilishini to'xtatish choralarini ko'rishlari shart. Loyihalanadigan va ishga tushirilayotgan sanoat obyektlari uchun suv ta'minotining to'xtovsiz tizimidan foydalanishni man etish, ishlab chiqarishning shart-sharoitlari taqozosi bilan aylanma suv ta'minotiga moslashtirilishi mumkin bo'lmagan korxonalar va boshqa obyektlar bundan mustasno. Aylanma suv ta'minotiga ega bo'lmagan ishlab turgan korxonalar uchun tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan suv xo'jaligi organlari bilan kelishilgan holda ularni suv ta'minotining to'xtovsiz tizimiga o'tkazish muddatlari belgilanadi. Suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida foydalanish huquqi suv huquqining alohida mustaqil institutlaridan biri bo'lib, bu institut o'zida yer, soliq, eqologiya, fuqarolik, xo'jalik, moliya, ma'muriy, konstitutsiyaviy va boshqa huquq sohalari normalarini mujassamlashtiradi. Suv obeklaridan sanoat maqsadlarida foydalanish huquqi, tabiatni muhofaza qilish, yer va suvdan foydalanuvchilar tomonidan amal qilinadigan barcha prinsiplarini bajarishni o'zida ifoda etadi. Yuqoridagi va boshqa bir qator holatlar suv obeklaridan sanoat maqsadlarida foydalanishni eqologik va geografik holatini o'z ichida oladi. Suv va suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida foydalanish jarayonida suv obyektlaridan foydalanuvchi korxonalar tomonidan o'zlari xohlagan tarzda tartibsiz, xo'jasizlarcha, maqsadsiz asoslarda foydalanishga yo'l qo'yilmaydi. Suv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.92 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.92 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga