Suv qonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlik

Suv qonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlik

O'quvchilarga / Huquq
Suv qonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlik - rasmi

Material tavsifi

Suv qonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlik Reja: 1. Suv qonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlik tushunchasi va uning o'ziga xos xususiyatlari 2. Suv qonunchiligini buzganlik uchun ma'muriy va intizomiy javobgarlik 3. Suv qonunchiligini buzganlik uchun fuqarolik huquqiy javobgarlik 4. Suv qonunchiligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik Suv resurslaridan oqilona foydalanishda yuridik javobgarlik, yani suvdan foydalanish qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan jazo choralarini samarali qo'llash muhim rol o'ynaydi. Chunki, suvlardan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun jazo choralarini belgilovchi huquq normalari davlat organlari, korxona, muassasa, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolarni O'zbekiston Respublikasining amaldagi suv to'g'risidagi qonunlariga og'ishmay rioya qilishlari, suvdan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlarini tiklash va umuman, suv munosabatlari sohasidagi qonunlarga izchil rioya qilinishini ta'minlashda alohida ahamiyatga egadir. Suv qonunchiligini buzganlik uchun ma'muriy, intizomiy, faqarolik, jinoiy jazo choralari qo'llaniladi. O'zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to'g'risida»gi qonunda yuridik javobgarlikning belgilanmaganligi sababli suvdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun boshqa: mehnat, ma'muriy, fuqarolik, jinoyat qonunlarida nazarda tutilgan jazo choralari qo'llaniladi. Shuni ham aytish lozimki, ushbu qonunlarda belgilangan jazo choralarini qo'llash uchun suvdan foydalanish qoidalarining buzilishi bilan bir vaqtda mehnat, ma'muriy va boshqa qonun normalari ham buzilgan bo'lishi lozim. Suv qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikka tortishning asosi bo'lib, suv huquqbuzarligining sodir etilganligi va shu turdagi huquqbuzarliklar uchun qonunda javobgarlikning mavjud ekanligi hisoblanadi. Suv qonunchiligida javobgarlikka tortish asosi hisoblangan quyidagi huquqbuzarlik turlari sanab ko'rsatilgan: suvdan foydlanish huquqini boshqaga berish hamda davlatning suvga egalik huquqini oshkora yoki yashirin shaklda buzish; suv obyektlarini o'zboshimchalik bilan egallab olish yoki suvdan o'zboshimchalik bilan foydalanish; suvdan foydalanish limitlarini buzish daryolarni bulg'ash, va iflos qilish; suvni bulg'ash va ifloslashning yoki suv etkazadigan zararli ta'sirning oldini oladigan inshootlari va qurilmalari bo'lmagan korxonalarni, kommunal obyektlarni va boshqa obyektlarni ishga tushirish; suvdan (suv obyektlaridan chiqarib yoki ajratib olingan suvdan) xo'jasizlik bilan foydalanish; suv havzalarida suvni muhofaza qilish rejimini buzib, uning iflos bo'lishi, tuproqni suv yuvib ketishi va boshqa zararli hodisalar ro'y berishiga sabab bo'lish; suv xo'jaligi inshootlari va qurilmalariga shikast yetkazish va ularni vayron qilish; suv xo'jaligi inshootlari va qurilmalarini ishlatish qoidalarini buzish; suvning holatiga ta'sir qiluvchi to'siqlar, nasos stansiyalari va boshqa inshootlarni o'zboshimchalik bilan qurish; suv haqi va suvdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimalarni o'z vaqtida to'lamaslik; rejalarda ko'zda tutilib, suvni bulg'anish, ifloslanish va kamayib ketishdan saqlash, shuningdek suv holati va rejimini yaxshilashni taminlovchi gidrotexnika, texnologiya, o'rmon-melioratsiya, sanitariya-texnika tadbirlari va boshqa tadbirlarni amalga oshirmaslik; vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlariga o'zboshimchalik bilan ulanish; foydalanish va kuzatish quduqlarini yo'q qilib tashlash yoki ularga zarar yetkazish; suv quduqlarini burg'ulashning belgilangan qoidalari va texnologiyasini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.13 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.13 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga