Suv resurslaridan foydalanish huquqi

Suv resurslaridan foydalanish huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Suv resurslaridan foydalanish huquqi - rasmi

Material tavsifi

Suv resurslaridan foydalanish huquqi Reja: 1. Suv resurslaridan foydalanish huquqi tushunchasi va uning o'ziga xos xususiyatlari 2. Suv obyektlarini foydalanishga berish tartibi va shartlari 3. Suvdan foydalanish turlari 4. Suvdan foydalanish huquqining mazmuni 5. Suvdan foydalanish huquqini bekor qilish asoslari Suv boyliklaridan belgilangan maqsadda foydalanishni suvdan foydalanish huquqi yordamida amalga oshirish mumkin. Suvdan foydalanish huquqi deganda, davlat yoki u vakolat bergan organlar tomonidan belgilangan, maqullangan va o'rnatilgan suv resurslarini o'zlashtirish, ularni iqtisodiy manoda ekspluatatsiya qilish jarayonida kelib chiqadigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig'indisi tushuniladi. Suvdan foydalanish huquqi yordamida suv resurslaridan foydalanish tartibi, foydalanish maqsadlari, turlari, suvni muhofaza etish shartlari, suvga nisbatan mulk huquqi, suvdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari, suvdan foydalanish kafolatlari, suvdan foydalanish huquqini himoya qilshi, suvdan foydalanishni bekor qilish, suvdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik masalalari tartibga solinadi. Demak, suvdan foydalanish huquqini umumiy tartibda xalq ho'jaligi va fuqarolarning iqtisodiy va maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun suv boyliklaridan foydalanishning qonuniy tartibini o'rnatuvchi normalar yig'indisi, deb tushunish mumkin. Suvdan foydalanish huquqini turli xil manolarda tushunish mumkin: 1) suvdan foydalanish huquqi suv huquqining asosiy instituti bo'lib, turli sohalardagi me'yoriy huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan huquqiy normalar yig'indisidir; 2) suvdan foydalanish huquqi suvdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari yig'indisidir; 3) suvdan foydalanish huquqi suvdan foydalanuvchilarning subyektiv huquq vakolatini amalga oshirish mexanizmini, ularni amaliyotda qo'llash jarayonini o'zida mujassamlashtiruvchi huquqiy munosabatdir. Suvdan foydalanish huquqini keng va tor manolarda tushunish mumkin. Suvdan foydalanish huquqini keng manoda uning tabiiy huquqlar toifasiga tegishli ekanligi, yani bu huquq inson paydo bo'lgandan boshlab u bilan birga vujudga kelishini etirof etish mumkin. Shu bilan birga, suvdan foydalanish huquqi kishilarga vakolatli davlat organlarining me'yoriy hujjatlarida belgilangan tartibda ham berilishi mumkinligini takidlasa bo'ladi. Bunda u taqdim etilgan huquq ahamiyatini o'zida mujassam etadi. Yuridik va jismoniy shaxslarga qonun bilan suvdan foydalanish huquqi etirof etilgan bo'lishi mumkin, ammo ular bu huquqdan amalda foydalanmayotgan bo'lishlari mumkin. Shunday holatlarda ham biz ularni suvdan foydalanish huquqiga ega deb hisoblaymiz. Suvdan foydalanish huquqini tor manoda yuridik va jismoniy shaxslarning qonun normalarida belgilangan tartibda suvlarni foydalanish uchun berish orqali vujudga kelgan huquq va majburiyatlar yig'indisi tarzida tushunish mumkin. Suvdan foydalanish huquqi ushbu subyektlarning o'z huquqlarini ayni paytda amalga oshirishga xizmat qiladi. Suvdan foydalanish huquqi suv huquqining mustaqil institutlaridan biri hisoblanadi. Suv huquqi munosabatlari ijtimoiy munosabatlarning mustaqil turi sifatida o'z doirasi va ichki mazmuniga ega. Bu birlikni biz suv boyliklaridan kelajakni o'ylab oqilona foydalanish, suv boyliklarini iqtisoddagi o'rni va rolida ko'rishimiz mumkin. Suvdan foydalanish huquqi institutini kompleks huquq instituti, deb hisoblash mumkin. Chunki bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.79 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.79 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga