Suv resurslarini muhofaza qilishning huquqiy asoslari

Suv resurslarini muhofaza qilishning huquqiy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Suv resurslarini muhofaza qilishning huquqiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Suv resurslarini muhofaza qilishning huquqiy asoslari Reja: Suvdan foydalanish va muhofaza qilishning asosiy muammolari 2. Suv resurslarini huquqiy muhofaza qilishning o'ziga xos xususiyatlari 3. Suv resurslarini huquqiy muhofaza qilish maqsadi va vazifalari 4. Suv resurslarini muhofaza qilishni rag'batlantirish Tabiat boyliklari orasida suv alohida o'rin tutadi. Chunki barcha tirik jonzotlar hayotining asosiy manbai suvdir. Suvsiz hayot bo'lishi mumkin emas. Planetamizda suv paydo bo'lganidan keyingina hayot paydo bo'ldi. Shu sababdan ota bobolarimiz suvni toza saqlashga, undan oqilona foydalanishga alohida etibor berganlar. «Suv uchun kurash-hayot uchun kurash», deb bejiz aytishmagan. Zero, insoniyat hayoti davom etishi uchun odamlar suvni, yerdagi suv manbalarini, avvalo chuchuk suvni ehtiyot qilishlari lozim. Sahroi Kabirdagi qabilalardan biriga mehmon bo'lgan sayohatchilarning yuvinayotganini ko'rib, mezbonlar ancha ranjishgan. Chunki, ular butun qabilaga bir necha kunga etadigan suvni bir pasda tugatgan. Malum bo'lishicha, suv bu yerda eng aziz nemat hisoblanib, uni qatiy nazorat ostida tarqatishar ekan. Yaponiyaga borgan bir mutaxassisning dastlabki olgan maoshi foydalangan suviga yetmagan. Hindistondagi qadimgi shaharlardan biri Moxenjo-Darodagi xarobalar tekshirilganda diametri 0,5 dan 2,5 metrgacha keladigan kuduq topilgan, chamasi u ayrim uylarni suv bilan ta'minlagan hamda jamoat joylarida odamlar cho'miladigan hovuzlar shu suv bilan to'ldirilgan qadimgi Rimda suvning yangi manbalari haqida muntazam qayg'urishgan. 312 yilda shaharga 16,5 km uzoqdagi toza suv manbaidan vodoprovod o'tkazilgan. Taxminan oradan 50 yil o'tgach, shaharga Annon daryosidan vodoprovod o'tkazilgan. Uning uzunligi 63 km.dan ortiq bo'lgan, keyingi vodoprovod uzunligi 91 km edi. Shunisi qiziqki, vodoprovod suvi maxsus rezervuarlarda yig'ilib, tindirilgan. Unda suv bosimi kerakligicha bo'lib, shu bosim tufayli jamoat hovuzlari, hammomlar, shuningdek shaxsiy uylar suv bilan ta'minlangan. Peruda «Suv xudosi» ibodatxonasi topilgan. Unda fontan va kanallar bo'lgan, ular ibodatxona yaqinidagi sharshara suvi bilan to'ldirilgan. Afinada esa eramizdan oldingi VI asrdayoq quduq suvidan foydalanish tartibini belgilaydigan qonun chiqarilgan. Yunonlar o'z davrida Feodesiyada, Kerchda, Yevpatoriyada ajoyib vodoprovod qurganlar. qadimgi Misrda firavnlar davrida parma lab kovlangan quduqlar mavjud bo'lgan. Ichimlik suvining odam organizmi uchun ahamiyatini Sharqning ko'pgina olimlari yaxshi bilishgan. Masalan, Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» kitobining birinchi jildida «Suvning sifati» haqida ko'pgina ma'lumotlar keltirilgan, suvning inson hayoti uchun zarur elementlardan biri ekani, suvning xususiyatlarini yaxshilaydigan bir necha usullarni bayon qilgan. Ibn Sino o'sha davrdayoq suvni toza saqlash, uni qaynatib ichish kerakligini odamlarga uqtirgan. U suvni qaynatib ichishga qarshi nodon tabib va duoxonalarga etiroz bildirgan. Ko'rinib turibdiki, har doim odamlarni suv bilan ta'minlash masalasi muammo bo'lib kelgan. Hattoki, hozirgi paytda ham Gretsiya, Gollandiya, Germaniya, Shveytsariya, AQSH va boshqa ko'plab mamlakatlarda ichimlik suvi bilan ta'minlash asosiy masalalardan biridir. Planetamizning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.07 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.07 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga