Mavzu: Tabiatni muhofaza qilish va sog'lomlashtirish maqsadlariga mo'ljallangan yerlarning huquqiy holati reja: 1.Tabiatni muhofaza qilishGA mo'ljallangan yerlarning huquqiy holati 2. sog'lomlashtirish maqsadlariga mo'ljallangan yerlarning huquqiy holati O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 09.12.1992 yildagi 754-XII-son O'zbekiston RespublikaSINING QONUNI TABIATNI MUHOFAZA QILISH TO'G'RISIDA Tabiatni muhofaza qilish, sog'lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo'ljallangan yerlarning umumiymaydoni 322,7 ming gektardir Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo'Ijallangan yerlarning huquqiy holati O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 72-moddasida qayt etilgan bo'lib, tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo'ljallangan yerlar jumlasiga davlat qo'riqxonalari, milliy va tabiat bog'lari, zakazniklar, tabiat yodgorliklariga berilgan yerlari kiradi. Mazkur toifa yerlar davlat hokimiyati organlarining qaroriga asosan berilishi mumkin bo'lib, u asosan quyidagi maqsadlarda foydalanadi. inson salomatligi uchun, ekologik muvozanatni saqlash uchun va barqaror ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish manfaatlari yo'lida tabiatdan oqilona va uni ishdan chiqarmaydigan qilib foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; -jonli tabiatning turlari va boyligini saqlab qolishi; -ekologiya tizmlari londshaft va noyob tabiat obyektlari xilma-xilligini saqlab qolish; -ekologiya xavfsizligini ta 'minlash; -tabiat obyektlari bilan bog'liq madaniy merosni asrab qolish maqsadida foydalaniladi. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo'ljallangan yerlar foydalanish va berilish nuqtai nazaridan quyidagi xususiyatlariga ega: birinchidan, ushbu toifadagi yerlar o 'ziga bir necha turdagi alohida muhofaza etiladigan tabiiy hudud yerlarini o 'z ichiga oladi; ikkinchidan, tabiatni muhofaza qilish maqsadlarga mo'ljallangan yerlar qishloq xo'jaligi yerlariga nisbatan kam hosildor yerlar bo'lishi mumkin; uchinchidan, mazkur kategoriya yerlardan foydalanuvchi subyektlarning huquq va majburiyatlari amalga oshirishda ham farq bo'lishi mumkin; to 'rtinchidan, ushbu toifa yerlarda qonunda ko'rsatilgan hollardan tashqari har qanday ishlarni bajarish va olib borish taqiqlanadi. Tabiatni muhofaza-qilish maqsadlariga mo'jallangan yerlar boshqa toifa yerlarga nisbatan tarixiy-madaniy va ekologik ahamiyatga ega bo'lib, u tabiatni bebaho boyligi sifatida tirik mavjudotlar yashashi uchun ekologik sharoitni ta'minlab, hayvonot va o'simliklar dunyosi ko'payishini ta'minlaydigan manbadir Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo'ljallangan yerlarni asrash ulardan oqilona foydalanish va ularni ko'paytirish faqatgina tarixiy yoki madaniy ehtiyojlarini qondirishgagina emas, balki katta ekologik ahamiyatga ham egadir. Chunki mavjud yerlar turli-tuman hayvonlar va o'simliklami ko'paytirish bilan bir qatorda qirilib ketmasligining oldini olishda, turizm va iqtisodiyotni rivojlantirishda ulkan hissa qo'shadigan, aloliida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar hisoblanadi. Mazkur toifa yerlar sanitariya-gigiyena, sog'lomlashtirish, rekratsion, hayvonot va o'simlik dunyosini qo'riqlash, turistik, estetik va boshqa vazifalarni ham bajaradi. 9 O'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ularning nodir va tugab borayotgan turlarini saqlab qolish va ko'paytirishda davlat qo'riqxonalarining roli alohida ahamiyatga ega. O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksida davlat qo'riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo'riqxonalari, tabiat bog'lari, davlat tabiat yodgorliklari rejimini ta'minlash uchun muhofaza zonalari ta'sis etilib, ushbu zona yerlarida ularning rejimiga rioya etilishini ta'minlashga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
903.33 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:03
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
903.33 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:03 ]
Arxiv ichida: pptx