Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi. Tabiatdan foydalanish huquqi Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi qanday yuzaga keladi? Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining mazmuni? Tabiatdan foydalanish mumkinmi? Qaysi holatlarda tabiatdan foydalanish huquqining vujudga keladi va bekor bo'ladi? Tabiiy resurslarga nisbatan mulk va foydalanish huquqi O'zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq tabiiy resurslar asosan davlat mulki hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 214-moddasiga muvofiq yer, yer osti boyliklar, suv, havo xavzasi bo'shlig'i, o'simlik va hayvonot dunyosi Respublika mulki hisoblanadi. O'zbekistonda faqat ayrim hollarda, yani Yer kodeksining 18-moddasida ko'zda tutilgan yer uchastkalari jismoniy va yuridik shaxslarning mulki bo'lishi mumkin. Tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilikning o'ziga xos xususiyati Tabiiy resurslarning ajralmasligi ; Tabiiy resurslarning bebaholigi, bahosizligi yoinki qiymatining yo'qligi ; Tabiiy resurslarning moddiyligi; O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilik Birinchidan, tabiiy resurslar obyektlar doirasi belgilab qo'yilgan: yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar. Ikkinchidan, tabiiy resurslar umummilliy boylikdir. Demak, barcha O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va kelgusi avlodlar undan foydalanishga haqli. Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi mazmuni Tabiatdan foydalanish huquqi yuridik va jismoniy shaxslarning tabiat obyektlari, tabiiy resurslar va tabiiy komplekslardan foydalanish bilan bog'liq faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari majmui sifatida ifodalanadi. Tabiatdan foydalanish turlari Umumiy foydalanish Maxsus foydalanish Tabiatdan foydalanish huquqining vujudga kelish asoslari vakolatli davlat organlarining hujjatlaridan; shartnoma va bitimlardan; sudning qaroridan; tabiatdan foydalanish huquqini beradigan litsenziya asosida; davlat ro'yxatidan o'tkazilishi shart bo'lgan tabiatdan foydalanish huquqi, tegishlicha ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan boshlab. Tabiatdan foydalanish huquqi bekor bo'lish asoslari tabiatdan foydalanish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganda; foydalanishning belgilangan muddati tugaganda; yuridik shaxs tugatilgan yoki yakka tadbirkorning faoliyati tugatilgan taqdirda; tabiiy resurslardan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida. Foydalanish uchun adabiyotlar 1.O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017-2021yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustivor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi gov.o'z o'z documen t2 2.O'zbekiston Respublikasining Prezident Shavkat Mirziyoevning Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqi. Jismoniy va ma'naviy yetuk yoshlar-ezgu maqsadlarimizga etishda tayanchimiz va suyanchimizdir.Xalq so'zi,2017 yil 1 iyul 3.Prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O'zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig'ilishidagi ma'ruzasi. Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi,islohatlarni tashabbuskor va asosiy ijrochisi bo'lishi kerak. Xalq so'zi,2017 yil 13 iyul Normativ-huquqiy hujjatlar 1.O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,O'zbekiston,2016 2.O'zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi qonuniO'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi.-1993.- № 1.-37-modda. 3.O'zbekiston Respublikasining«Suv va suvdan foydalanish to'g'risida»gi qonuniO'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi.-1993.-№5.-221- modda. 4.O'zbekiston Respublikasining«Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida»gi qonuniO'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi.-1997.- №2.-52- modda. 5.O'zbekiston Respublikasining Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risidagi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
388.79 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:03
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
388.79 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:03 ]
Arxiv ichida: pptx