Tadbirkorlar ishtirokida tuziladigan shartnomalar Reja: Tovar ishlab chiqarish va topshirishga oid shartnomalar Ishlarni bajarishga oid shartnomalar Xizmat ko'rsatishga doir shartnomalar Tovar ishlab chiqarish va topshirishga oid shartnomalar Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik tobora rivojlanib boradi. Tadbirkorlar o'rtasidagi mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ishlarni bajarish, xizmat ko'rsatish bo'yicha ijtimoiy munosabatlar vujudga keladi. Ushbu ijtimoiy munosabatlar ichida mahsulot tayyorlash va uni topshirish bilan bo: ggiq mulkiy munosabatlar alohida o'rin tutadi, bevosita xo'jalik .faoliyati orqali amalga oshiriladi va tovar-pul tavsifiga ega bo'ladi. Uni tartibga solishning huquqiy vositasi bo'lib mahsulot tayyorlash va sotishga oid shartnoma hisoblanadi. Bu shartnoma ishlarni bajarishga, xizmat ko'rsatishga oid shartnomalardan o'zining bazi bir xususiyatlari bilan farq qiladi. Tovar ishlab chiqarishga oid shartnomalarning asosiy farqi shundaki, ular xo'jalik yuritish faoliyatining mahsulot tayyorlash va sotish sohasida qo'llaniladi. Ularning yana bir o'ziga xos tomoni - tovar ishlab chiqarishga oid shartnomalarga asos bo'lgan mulk yoki mahsulot shu majburiyatlarning obyekti hisoblanib, u bir shaxsdan ikkinchi shaxs tasarrufiga o'tkaziladi. Tovar ishlab chiqarish va topshirishga oid shartnomalar guruhiga mahsulot tayyorlash va sotish to'g'risidagi shartnomalar, chunonchi: olish-sotish; mahsulot yetkazib berish; kontraktatsiya; ulgurji savdo; energaya va gaz yetkazib berish kabilarni kiritish mumkin. Mazkur shartnomalarni bir guruhga bir- lashtirilganliganing sababi ular mahsulot (mulk)ni oluvchi yoki sotuvchi shaxslar o'rtasidagi o'zaro iqgisodiy munosabatlarni yo'lga qo'yishga, o'zgartirishga va bekor qilishga qaratilganligidadir. Boshqacha qilib aytganda, ularning barchasi tomonlar o'rtasida mahsulot (mulk) tayyorlash va sotish borasidagi xo'jalik munosabatlarini tartibga soladi. Tovar ishlab chiqarishga va topshirishga oid shartnomalarning o'ziga xos xususiyatlarini, ularning elementlari (subyektlari, obyektlari, mazmuni)dan ham ko'rish mumkin. Tovar ishlab chiqarish va topshirishga oid majburiyatlarning subyektlari sifatida ikki tomon ishtirok etadi. Birinchi tomondan mahsulot, tovar ishlab chiqaruvchi yoki topshiruvchi tadbirkor shaxs sotuvchi bo'lsa, ikkinchi tomondan shartnomaga ko'ra kelishilgan mahsulot (mulk)ni qabul qiluvchi va unga tegishli summada haq to'lovchi shaxs sotib oluvchi hisoblanadi. Mulkchilikning barcha shayushga mansub korxonalarning xo'jalik faoliyati O'zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan korxonalar to'g'risidagi qonuni bilan belgilanadi. Qonunning 11-moddasiga ko'ra, korxona o'ziga qarashli mol-mulkni boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga sotish hamda topshirish, ayirboshlash, ijaraga berish, vaqgincha frydalanish uchun bepul yoki qarzga berishga, shuningdek, agar O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va korxona ustavida o'zga hollar nazarda tutilmagan bo'lsa, ularni balans hisobidan chiqarishga haqlidirlar. Qonunning 21-moddasiga asosan korxonaning boshqa korxonalar, tashkilotlar, fuqarolar bilan xo'jalik faoliyatining mahsulot tayyorlash va sotish sohasidagi munosabatlari shartnoma negazida ko'riladi. Bundan ko'rinib turibdiki, korxona boshqa yuridik shaxslar va fuqarolar bilan shartnoma asosida o'ziga qarashli mol-mulkni sotish, topshirish, ayirboshlash, ijaraga yoki qarzgaberish va, boshqa shunga o'xshash huquqlarga ega bo'ladi. Tadbirkorlik sohasidagi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.66 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.66 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:03 ]
Arxiv ichida: doc