Tadbirkorlarning huquqlari, burchlari, javobgarligi va huquqiy kafolatlari Reja: 1. Tadbirkorlarning huquqlari. 2. Tadbirkorlarning majburiyatlari. 3. Tadbirkorlarning javobgarligi 4. Tadbirkorlar huquqlari va manfaatlarining kafolatlari. 1. Tadbirkorlarning huquqlari. Tadbirkorlar huquqiy munosabatlar subyektlari sifatida mavjud bo'lishi, uni faoliyat yuritishining asosiy sharti-uning ma'lum huquqlarga ega ekanligi, huquq sohibi sifatida qonun tomonidan e'tirof etilishi hisoblanadi. Xuddi shu munosabat bilan huquq iborasining etimologik ma'nosi haqida bir oz to'xtab o'tish maqsadga muvofiqdir. Huquq va huquq layoqati o'ziga xos uzviy iboralar hisoblanadi. Har qanday subyekt, shu jumladan, tadbirkor huquq sohibi bo'lish uchun eng avvalo huquq layoqatiga ega bo'lishi lozim. Huquq nazariyasi bo'yicha huquq layoqati insondan ajralmas, unga doimiy xos bo'lgan xususiyat bo'lib, inson butun umri davomida, yoshidan, salomatlik holatidan qat'i nazar, huquq layoqatiga ega bo'ladi. Huquq layoqati o'z mohiyatiga ko'ra huquqlarga ega bo'lish va majburiyatlarni bajara olish qobiliyati hisoblanadi. Huquq tushunchasi g'oyat keng ma'noda qo'llaniladigan tushunchadir. Yuridik adabiyotlarda uning o'nlab ta'rifi mavjud. Eng asosiy mezon-masalaga qaysi nuqtai nazardan, siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-huquqiy, ijtimoiy-huquqiy nuqtai nazardan turib yondashishga bog'liq. Biroq yuqoridagi nuqtai nazarlardan turib yondashuv ushbu darslik doirasidan tashqaridadir. Biz uchun eng asosiysi, sof huquqiy nuqtai nazardan huquq tushunchasiga ta'rif berish hisoblanadi. Ushbu nuqtai nazardan olganda huquq-bu subyektga berilgan imkoniyat, huquq-bu subyekt uchun mavjud erkinlik, huquq-bu subyektga berilgan ruxsatnoma sifatidagi an'anaviy qarashlar mavjud. Fuqarolik huquqida huquq elementlari tahlil etilganda huquq-bu subyektning vakolatlari majmui sifatida ham talqin etiladi. Bu o'rinda masaladan biroz chetga chiqilsa ham, tabiiy huquqlar va taqdim etiladigan huquqlar nazariyasiga to'xtab o'tish o'rinlidir. Tabiiy huquqlar nazariyasiga ko'ra, insonga tug'ilishidan xos bo'lgan huquqlar mavjud. Bu huquq davlat tomonidan unga berilmaydi, balki o'z-o'zidan mavjud bo'ladi, davlat bu huquqni tan olishga, e'tirof etishga va unga rioya qilishga majbur. Bu huquqlar markazida insonning yashash huquqi, uning shaxsi, daxlsizligi turadi. Davlat yoki boshqa har qanday ijtimoiy tuzilma bu huquqlarni cheklamaydi, uni olib qo'ya olmaydi. Shuni e'tirof etish lozimki, tabiiy huquqlar nazariyasi dunyoning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga, davlat va shaxs o'rtasidagi munosabatlarni belgilashga juda katta ta'sir ko'rsatadi. XVII-XVII asrlarda shakllangan bu ta'limot sarchashmalarida Gugo Gratsiy, J.Lilbern, J.Lokk, T.Jeferson, T.Peyn, J.J.Russo kabi mutafakkirlar turgan edi. Bu huquqiy ta'limot g'oyalari u yoki bu darajada ko'pgina mamlakatlar huquq me'yorlarida, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag'ishlangan ikkinchi bo'limida ham o'z ifodasini topgan. Tabiiy huquqlardan farqli ravishda taqdim etiladigan huquqlar bu davlat tomonidan tegishli qonunlarda mustahkamlab qo'yish asosida insonlarga, fuqarolarga beriladigan huquqlar hisoblanadi. Davlatning demokratik mohiyati, uning ijtimoiy-iqtisodiy darajasi ushbu huquqlarning mazmunini, ko'lamini va ta'minlash darajasini belgilaydi. Xo'sh, tadbirkorlik huquqi o'z mohiyatiga ko'ra tabiiy huquqmi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
113.92 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
113.92 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:03 ]
Arxiv ichida: doc