Tadbirkorlarning tabiat obyektlaridan foydalanish huquqi Reja: 1. Tadbirkorlarning tabiat boyliklaridan foydalanishini huquqiy tartibga solish tushunchasi va asoslari. 2. Tadbirkorlarning yerdan foydalanish huquqi tushunchasi va o'ziga xos xususiyatlari. 3. Tadbirkorlarning yerdan foydalanish huquqi subyektlari va obyektlari. 4. Tadbirkorlarning yerdan foydalanish huquqi mazmuni. 5. Tadbirkorlarning yerdan foydalanish huquqini himoya qilish. 6. Tadbirkorlikning alohida turdagi tabiiy boyliklardan foydalanish huquqi. 7. Tadbirkorlik faoliyatida ekologik to'lovlar, imtiyozlar va sug'o'rtalashning huquqiy qoidalari. 8. Tabiiy obyektlardan foydalanish talab va qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik. 1 . Tadbirkorlarning tabiat boyliklaridan foydalanishini huquqiy tartibga solish tushunchasi va asoslari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikni rivojlantirish jamiyatimizning iqtisodiy hamda siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, Respublikamiz iqtisodiyoti rivojlanishinig asosiy manbalaridan biri bo'lgan tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama huquqiy tartibga solish katta ahamiyatga egadir. Ana shunday holatlardan biri tadbirkorlarning tabiat obyektlaridan foydalanishini huquqiy tartibga solishdir. Demak, ta'kidlash joizki, mamlakatimizdagi barcha tadbirkorlar o'z faoliyatlarida tabiat obyektlaridan oqilona foydalanishlari va ularni doimo muhofaza qilishlari lozim. Zero, ular tabiatni muhofaza qilish talab va qoidalariga, barcha ekologik qonunlarning bajarilishiga rioya qilishlari shart. Tadbirkorlarning tabiat obyektlaridan foydalanishini huquqiy tartibga solishga qaratilgan bir qator me'yoriy va huquqiy hujjatlar mavjud bo'lib, ularni barcha tadbirkorlik faoliyatining ishtirokchilari ongiga singdirish, tushuntirish va bajarilishini ta'minlash hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini kuzatadigan bo'lsak, uning ishtirokchilari ba'zan amaldagi ekologik qonun talablarini to'g'ri tatbiq yetmaganliklari, o'z zimmalariga yuklatilgan ekologik huquq va majburiyatlarni zamon talabi asosida bajarmayotganliklarining guvohi bo'lamiz. Shuning uchun ham, tadbirkorlarga o'z faoliyatlarida tabiat obyektlaridan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan bir qator huquqiy manbalar ahamiyatini ta'kidlab o'tish lozim. Tadbirkorlarning tabiat obyektlaridan foydalanishini huquqiy tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar tizimini quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin: - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlar; - Prezident Farmonlari; - Vazirlar Mahkamasining qarorlari; - idoraviy-me'yoriy huquqiy hujjatlar; - tadbirkorlik sohasiga oid va ekologik munosabatlarni huquqiy tartibga soladigan xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan shartnoma, bitim va boshqa huquqiy hujjatlar. Tadbirkorlar o'z faoliyatlarida tabiat obyektlaridan foydalanish jarayonlarida birinchi bo'lib, Konstitutsiyaviy talablarga rioya qilishlari lozim. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir, deb ko'rsatilgan. Demak, ushbu ko'rsatma tadbirkorlardan: a) barcha tabiat boyliklari umummilliy boylik ekanligini; b) tabiat boyliklari bo'lgan yer, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi, o'rmon, atmosfera havosi hamda yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish lozimligini; v) barcha tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish bilan birga, ularni muhofaza qilishni ham ta'minlashlarini talab etadi. O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning hamda tadbirkorlarni tabiat obyektlaridan foydalanishini huquqiy tartibga soluvchi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
86.57 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
86.57 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:03 ]
Arxiv ichida: doc