Tadbirkorlik faoliyati sohasida qo'llaniladigan shartnomalar tizimi

Tadbirkorlik faoliyati sohasida qo'llaniladigan shartnomalar tizimi

O'quvchilarga / Huquq
Tadbirkorlik faoliyati sohasida qo'llaniladigan shartnomalar tizimi - rasmi

Material tavsifi

Tadbirkorlik faoliyati sohasida qo'llaniladigan shartnomalar tizimi Reja: 1. Mol-mulkka nisbatan egalik huquqini o'tkazishga qaratilgan shartnomalar. 2. Mol-mulkka nisbatan foydalanish huquqini topshirishga qaratilgan shartnomalar. 3. Muayyan ishni bajarishga qaratilgan shartnomalar. 4. Xizmat ko'rsatishga qaratilgan shartnomalar. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida tadbirkorlik faoliyatining xo'jalik mexanizmini takomillashtirishda shartnomalarning o'rni muhimdir. Tadbirkorlik asosan shartnomalar orqali amalga oshiriladi. Shartnomalarsiz tadbirkorlik rejalarini amalga oshirishni tasavvur ham qilib bo'lmaydi. Tadbirkor ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyati jarayonida muayyan shartnomalar tuzadi. Tadbirkorlik shartnomalari - bu xo'jalik yurituvchi subyektlarning o'zaro iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishning huquqiy vositasidir. Tadbirkorlik shartnomasining tushunchasi, uni tuzish tartibi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning bosh yo'nalishlaridan biri - bu tadbirkorlik shartnomalarining ahamiyatini oshirish va shartnomaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirishdan iborat. Shu sababli O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida shartnomalarni, xususan tadbirkorlik shartnomalarini tartibga solishga oid qoidalar keng berilgan. Bundan tashqari shartnoma munosabatlarini yanada muvofiqlashtirish maqsadida «Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy -huquqiy bazasi to'g'risida» gi Qonun qabul qilingan. Malumki, shartnoma - ikki yoki bir necha shaxslarning huquq va burchlarini vujudga keltirish, o'zgartirish va bekor qilish haqidagi o'zaro kelishuvdir. Shartnoma o'zaro munosabatga kirishgan tomonlarning kelishuvini aks ettiruvchi hujjatdir. Tadbirkorlar o'rtasida vujudga keladigan munosabatlar qonunlar bilan bir qatorda shartnomalar bilan ham tartibga solinadi. Tadbirkorlik faoliyatining yutug'i birinchi navbatda taraflar o'rtasida tuzilgan shartnomaning mukammal va uning qonunchilik doirasida tuzilganligiga bevosita bog'liqdir. Tadbirkorlik shartnomalarining mukammalligi esa avvalo, uning taraflar manfaatlarini ifodalashi, amaldagi qonunchilikka mos bo'lishi va uning qonuniy maqsadga yo'naltirilganligi bilan bog'liqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik shartnomalari uning taraflari bo'lishi - o'rta va kichik biznes subyektlari, xususiy tadbirkorlar nisbatan yangi tuzilmalar sifatida xo'jalik munosbatlarida noteng mavqega egaligi, ularda shartnomalar tuzish tajribasini etarlicha emasligi va aksincha shartnomaning ikkinchi tomoni - tayyorlovchi, ta'minotchi va xizmat ko'rsatuvchi korxonalarning monopolistik mavqega egaligi, ularda yuridik xizmatning yo'lga qo'yilganligi, shartnomalar tuzish tajribasining mavjudligi bilan xarakterlanadi. Tadbirkorlik shartnomalarini boshqa fuqarolik-huquqiy shartnomalar kabi xarakteri, mazmuni va maqsadiga qarab quyidagicha tavsiflash mumkin: a) mol-mulkka nisbatan egalik huquqini o'tkazishga qaratilgan shartnomalar (oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, qishloq xo'jalik mahsulotlarini kontraktatsiya, ayriboshlash, hadya, tarmoqqa ulash orqali energetika va boshqa resurslar bilan ta'minlash va boshqa shartnomalar); b) mol-mulkka nisbatan foydalanish huquqini topshirishga qaratilgan shartnomalar (mulk ijarasi, prokat, qarz mulkdan tekin foydalanish, lizing va boshqa shartnomalar); v) muayyan ishni bajarishga qaratilgan shartnomalar (pudrat, maishiy pudrat, qurilish pudrati, loyiha va qidiruv ishlari pudarti va boshqalar); g) xizmat ko'rsatishga qaratilgan shartnomalar (haq evaziga xizmat ko'rsatish, yo'lovchi, bagaj, yuk tashish, transport ekspeditsiyasi, komissiya, vositachilik, omonat va boshqa shartnomalar)1. 1 §. Mol-mulkka nisbatan egalik huquqini o'tkazishga qaratilgan shartnomalar. Mazkur toifadagi shartnomalarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.93 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.93 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga