Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining majburiyatlari Tadbirkorlik faoliyati subyektlari o'z faoliyatini amalga oshirish jarayonida ma'lum bir majburiyatlarga ega bo'ladilar. Tadbirkorlik faoliyati subyekglarining majburiyatlari -qonunlarda belgilangan ma'lum bir xatti-harakatlarni sodir etishga yoki bunday xatgi-harakatlarni sodir etishdan saqlanishdan iborat. Mazkur majburiyatlar ikki asos: biri qonunga, ikkinchisi esa shartnomaga muvofiq kelib chiqadi. Tadbirkorning qonunga muvofiqmajburiyatlari umumiy va maxsus bo'lishi mumkin. Umumiy majburiyatlar, eng avvalo, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan belgilanadi. Jumladan, Konstitutsiyaning 19-moddasida O'zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo'lgan huquklari. va burchlari bilan o'zaro bog'liqdir, deb belgilangan. Shunga ko'ra fuqaro o'z tadbirkorlik faoliyatini olib borayotganda davlat bilan bog'liq bir qator majburiyatlarga, masalan, qonunlarda belgilangan va boshqa qoidalarga rioya qilish, olgan daromadlaridan soliq to'lab turishi shart. Shu bilan birsa tadbirkor fuqarolar Konstitutsiyaning 20-moddasida belgilanganidek, o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart. Shuningdek, boshqa shaxslar, ya'ni yuridik shaxslar va fuqarolarning shaxsiy huquklari va erkinliklariga, iqgisodiy va ijtimoiy huquklariga, fuqarolarning siyosiy huquklari va erkinliklariga to'sqinlik qilmasligi lozim. Tadbirkor fuqarolarning qonunlarda belgilangan majburiyatlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-52-moddalarida ham belgilab berilgan. Xususaq, yaadbdokorlar Konstitutsiyada belgilangan burchlarini bajarishda Qonstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquklari, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. Xalqimizning tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab asrashga, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga, qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yigamlarni to'lashga hamda vatanimizni himoya kdpishga burchlidirlar. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining maxsus majburiyatlari qonunga muvofiqham kelib chiqadi. Qonunga muvofiq kelib chiqadigan maxsus majburiyatlarga O'zbekiston Respublikasining Mulk, Ijara, Dehqon xo'jaliklari, Sug'o'rta, Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarining huquklarini himoya qilish, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi va boshqa qonunlarda belgilangan majburiyatlarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Qonunlarda belgilangan majburiyatlar majburiy kuchga ega bo'lib, tadbirkorlarning rioya qilishi shart bo'lgan qoidalardir. Bu haqda «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonunning 9-moddasida belgilab berilgan. Unda ko'rsatilishicha, tadbirkorlik faoliyati subyektlari o'zlari tuzgan shartnoma™ardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishlari shart. Tadbirkorlarning majburiyatlari o'zlari ishtirokida tuziladigan turli bitimlardan ham kelib chiqadi. Bunday majburiyatlarni ham ular o'z xox^shshari bilan bajarishlari yoki uni bajarishdan o'zini saqlab turishlari lozim. Misol sifatida tadbirkorlar ipggirokqsa tuziladigan va nihoyatda keng tarqalgan bitimlardan biri oldi-sotdi shartnomasini olib ko'raylik. Agar tadbirkorlar tovar ishlab chiqarib uni sotadigan yoki vositachi sifatida ishtirok etadigan bo'lsalar, albatta o'zgalar bilan tovar ayriboshlash munosabatini o'zlari keyaishib belgilaydilar. Buvda sotuvchi sifatida ishtirok etayotgan tadbirkor shartnomani bajarish bo'yicha keyaib chiqadigan barcha majburiyatlarni bajarishi shart. Agar belgilangan majburiyatni bajarmasa, unga nisbatan shartnomada yoki qonunlarda belgilangan javobgarlik tadbiq ztiladi. Tadbirkorning muhim majburiyatlaridan biri yollanib ishlayotgan xodimlar bilan qonunlarga muvofiq ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.58 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.58 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: doc